XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

SUV PARILARI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. «Suv parisi» atamasi qaerdan paydo bo’lgani hanuz hech kimga ma’lum emas.

2. Suv parisi suv ustidan hukmronlik qila olmaydi.

3. Kuchli jodu yoki sehrgarlik xususiyatiga ega emas. Fol ochmaydi.

4. Xudo bergan yagona imkoniyati odamzodni ko’z qarashlari yordamida o’ziga bo’ysundirishdan iborat. Nigohlar sehri ta’siriga tushgan odam suv parisining barcha buyruqlarini so’zsiz ado etadi. Shuning uchun suv parisiga duch kelgan odamga uning ko’zlariga boqish tavsiya etilmaydi.

5. Suv parisi odamning xayolini o’qiy oladi.

6. Hech kim suv parisi bo’lib tug’ilmaydi. Baxtsiz tasodif yoki omadsiz muhabbat tufayli suvga cho’kkan qizlar suv parisiga aylanadi degan taxminlar bor.

7. Suv parisining yana bir xavfli jihati shuki, u odamni to o’lmaguncha qitiqlayverishi mumkin.

8. Taxmin qilishlaricha, suv parilari o’zi uchun hali uylanmagan yoki xotini bilan chiqisha olmayotgan erkaklarni izlarkan.

9. Suv parisi o’zi yashagan uy yonida ham paydo bo’lishi mumkin. Lekin uydagilariga ziyon yetkazmaydi. Aksincha ularni himoya qiladi.

10. Suv parilari asosan yoz oylarida ko’rinish berarkan. Qolgan vaqtlarda suv ostidagi odam ko’zi ko’rmas marvarid saroylarda uxlasharkan.

11. Rossiya shimolidagi xalqlar orasida suv parilari yengiltabiat ayollar sifatida tasvirlangan.

12. Tunlari sohilga chiqib yulduzli osmonni tomosha qilishadi, bir-birlari bilan suhbatlar quradi.

13. Suv parilari haqida XII asrda qoldirilgan qo’lyozmalarda alohida fikr yuritilgan.

14. Nasroniylarda payshanba kechasi xavfli hisoblanadi. Aytishlaricha, shu kechasi suv parilari sohilga chiqib o’zi uchun yo’ldosh izlarkan. Juda jahldor qiyofada bo’larkan.

15. Afsonalarga qaraganda, qachonlardir shimoliy o’lkalarda odamlar suv parisini tutib olib bochkaga qamab qo’yishgan. U ochdan o’lmasligi uchun dengiz mahsulotlarini berishgan. Ammo suv parisi ularni yemagan va erta tongda ochlikdan o’lgan ekan.

16. Suv parilari har doim ham zararkunandalik qilmaydi. Shunday vaziyatlar kuzatilganki, ular suvga cho’kayotgan go’daklarni qutqarib qolgan.

17. O’z davrida suv parilari bilan Rossiya imperatori Petr I ham qiziqib ko’rgan ekan.

18. Suv parilarini rostakamiga Skandinaviya, Angliya, Afrikada ko’rishgani haqida ma’lumotlar bor.

Olimjon HAYIT tayyorladi