XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

XO’ROZLAR JANGI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Xo’rozlar jangi ilk bor Xitoy, Hindiston, Persiyada paydo bo’lgan. Afinada Femistokl hukmronligi davrida xo’rozlar jangi uchun maxsus amfiteatr ham qurilgan.

2. Qadimiy Gretsiyada yosh jangchilar xo’roz urishtirish marosimlarini albatta tomosha qilishlari shart edi. Ular to’g’ri va muvaffaqiyatli jang olib borish, jang jarayonida kuchli irodaga ega bo’lishni aynan xo’rozlardan o’rganishi lozim deb hisoblangan.

3. Osiyoda xo’roz urishtirish davomida ularning biri o’lim topsa, xudolarga qurbonlik qilingan.

4. Angliyada xo’roz urishtirish uchun katta pul tikilgan. Ammo XIX asrda qirolicha Viktoriya xo’rozlar jangini taqiqlab qo’ydi.

5. AQSh da har bir aristokrat xo’rozlar jangining eng nozik jihatlarini ham yaxshi bilishi kerak bo’lgan. Bu janglarni hatto prezidentlar ham sevib tomosha qilgan. Hozir esa bu mamlakatda xo’roz urishtirganlik uchun jinoiy ish qo’zg’atiladi.

6. Qadimiy Rusda ham xo’roz urishtirish juda ommalashgan. Buning orqasidan ko’pchilik katta boylik ham orttirgan. 1860 yili imperator Aleksandr Ikkinchi xo’rozlar jangini rasman taqiqlab qo’ydi. Shunga qaramay, ishqibozlar bekitiqchasiga xo’roz urishtirishda davom etavergan.

7. Qadimda yaxshi urishadigan xo’roz narxi jangovar ot narxiga teng bo’lgan. Shuning uchun ko’pchilik uchun bu ish serdaromad biznesga aylangan. Yaxshi urishadigan xo’roz alohida qafasda boqilgan. Jang paytida yanada tajovuzkor bo’lishi uchun xo’rozning tojini kesib o’ziga yedirishgan.

8. Graf Aleksey Orlov xo’roz urishtirishning ashaddiy ishqibozi edi. Jang bo’lib o’tadigan saroyiga badavlat kimsalar atayin tashrif buyurishardi. Shubhasiz, grafning saroyida xo’rozlar jangiga juda katta pul tikilgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi