XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

QADIMGI ODAMLAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Endi-endi odamlar paydo bo’lgan paytlar xususiy mulk degan tushuncha umuman bo’lmagan.

2. Dunyoning ilk odamlari toshdan qurollar yasashgan. Bundan 2, 4 million yil oldin hozirgi Yevropa yerlarida umrguzaronlik qilishgan.

3. Qadimgi odamlar ro’zg’or uchun mo’ljallangan oddiy va kichik buyum bilan ham uchmaydigan ulkan qushlarni ovlay olishgan.

4. Aqliy takomilga ega odamlar bundan 10-12 ming yil oldin Shimoliy Amerikada yashagan. Ularni sapienslar deb atashadi.

5. Neandartallar 40 ming yil oldin qirilib ketgan.

6. Neandartallarning aksariyati terisi ochrang, mallasoch bo’lgan.

7. Qadimgi odamlarning vatani Afrika hisoblanadi.

8. Qadimgi odamlar 50 ming yil oldin Hind okeani orqali Avstraliyaga kelib joylashgan.

9. Qadimda odamlar biz kabi uzoq umr ko’rmagan. Ularning umr ko’rish muddati maksimum 40 yilga to’g’ri kelgan. Minglab yillar o’tgach, odam organizmidagi metabolizm sekinlashishi tufayli umr ko’rish muddati uzaya borgan.

10. Qadimgi odamlar ilk bor bo’rilarni qo’lga o’rgatib, ularni uy hayvoni sifatida qabul qilgan.

11. Musiqa ham qadimgi ajdodlarimizga begona bo’lmagan. Masalan, yaqin-yaqinlarda arxeologlar 40 ming yil oldin yasalgan nayni topishgan. Nay hayvon suyagidan yasalgan ekan.

12. Mamontlarni qadimgi odamlar go’shti uchun qirib yuborgan.

13. Yer yuzida paydo bo’lgan ilk odamning jag’ qismi biznikiga nisbatan ancha yirik bo’lgan. Ularning tishlari 32 ta emas, aksincha 36 ta bo’lgan.

14. Qadimgilar taqinchoq yasashni ham yaxshi o’zlashtirgan. Ular taqinchoqlarni toshga aylantirilgan ilon terisi va suyaklardan yasashgan.

15. Olov yoqishni qadimgi odamlar bundan 500 million yil oldin o’rgangan.

16. Ular kamon va o’qni 25 ming yil oldin kashf qilgan.

17. Ilk odamlar olovga sig’ingan.

18. Uzoq Sharqda umr kechirgan qadimiy qabilalar a’zolari keramika tayyorlash san’atini 14 ming yil oldin o’zlashtirgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi