XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

TVOROG HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Tvorog dastlab Qadimiy Rusda tayyorlana boshlagan.

2. Boshqa sut mahsulotlariga qaraganda, tvorog tarkibida oqsil ko’proqni tashkil etadi.

3. Tvorog tarkibidagi kazein organizmga juda sekinlik bilan singadi. Shu sababli yaxshi uxlash uchun odamlar tvorogni yotishdan bir necha soat oldin iste’mol qilishadi.

4. Muntazam ravishda me’yorida tvorog iste’mol qilinsa, suyaklar mustahkam torta boradi, gemoglabin ko’tariladi, asab tolalaridagi regeneratsiya jarayoni tezlashadi.

5. 100 litr sutdan atigi 15 kilo tvorog chiqadi.

6. Qadimda qish fasliga deb tvorogni rosa pishitishgan. Plastik kabi qattiq holatga kelmaguncha pishitaverishgan. Keyin quritib qo’yishgan. Hatto, qattiq holatdagi tvorogdan tugmalar ham yasashgan.

7. Tvorogning yaroqlilik muddati juda tez tugaydi. U odam organizmi uchun juda xavflidir.

8. Muzlatilgan tvorogni yemagan ma’qul. Chunki u birinchidan, mazasini yo’qotadi, ikkinchidan, foydali xususiyatlari ham yo’qqa chiqadi.

9. Tvorogni haddan tashqari ko’p yeyish organizmda tuz yig’ilishiga sababchi bo’ladi. Yoshi ulug’ odam tvorogni bir kunda 150-200 gramm atrofida yeyishi tavsiya etiladi.

10. Olimlarning gapiga ko’ra, ertalab nonushtaga tvorog yeyilsa, stress holatini yo’q qiladi va kamroq asabiylashishga zamin yaratadi.

11. Hindlarda bir odat bor. Krishna xudosi sharafiga o’tkaziladigan bayramda har bir odam tvorog to’ldirilgan sopol idishni yerga urib sindirishi kerak. Shunday qilmasa, yil bo’yi undan omad yuz o’girarkan.

12. Qadimiy Rimliklar tvorogni sharobga gazak sifatida yeyishgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…