Bir erkak katta yo’l chetida turib olgancha xudoga nola qilardi:
— Xudoyim, juda qiynalib ketdim. Yeyarga nonim, icharga suvim yo’q. Ikki ming so’mgina yuborsang, non sotib olardim, xudoyim! Menga rahming kelsin! Qashshoq bandangni noumid qo’yma!..
Shu tobda ko’chadan bir arman o’tib ketayotgan ekan. Erkakning zorlanishini ko’rib rahmi kelibdi va kissasini kovlab ko’rsa, ikki ming so’m puli bor ekan.
“Kel, shu sho’rlikka pulimning yarmini beray! Ochidan o’lib qolmasin tag’in!”, debdi-yu, erkakka cho’ntagidagi pulning ming so’mini berib yo’lida davom etibdi. Erkak bo’lsa, pulni ushlab ko’rib sekin kissaga uribdi va yana xudoga zorlana boshlabdi:
— Xudoyim, ohimni eshitibsan-da-a? Lokigin keyingi safar pulni armandan yubormagin! U noinsof pullarning yarmini o’ziga olib qo’yarkan!
loading…