HAVO HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. 1754 yilga kelibgina havo turli gazlardan tashkil topgani isbotlandi.
2. Har kuni odam o’rtacha 18-20 kilogramm havo yutadi.
3. Havoning 98-99 foizi kislorod va azotdan tashkil topgan. Qolgan qismi argon, vodorod va boshqa gazlardan iborat.
4. Mashina odamga nisbatan ko’proq havo yutadi.
5. Biz har kuni yutadigan havoning 25 foizi bosh miya uchun sarflanadi.
6. Yoshi ulug’ odam bir kunda 21-22 ming marta nafas olib, nafas chiqaradi.
7. Dunyoda havoni tozalash, ya’ni, filtrlash bo’yicha Sibir taygasi va Amazonka o’rmonlaridagi daraxtlar yetakchi hisoblanadi.
8. Havo -150 daraja sovuqda zichlashish jarayonini boshdan kechiradi.
9. Yerdagi havo tarkibida atigi 21 foiz kislorod bor xolos.
10. Xonadagi havo ko’chadagiga nisbatan 25-30 marta iflosroq bo’ladi.
11. Dunyodagi havosi eng iflos mamlakat bu Xitoydir. Eng toza havoga esa Shveysariya egalik qiladi.
12. Odam har daqiqada 4-5, 5 litr havo yutadi. Har nafas olganimizda havo tarkibidagi chang va boshqa zararli moddalar juda katta tezlikda borib o’pkaga yopishadi.
13. Havo namligi yomg’irdan keyin emas, balki oldin yuqori bo’ladi.
14. Aynan shu havo yerning ustki qismida atmosfera hosil qilib, bizni quyosh tig’idan asrab turadi.
15. Havoning bir kubometri 1, 2 kilogrammga teng.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…