XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

GURUCh HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Guruch sovuq iqlimni ko’tara olmaydi. Uning yaxshi unib-o’sishi uchun havo harorati Selsiy shkalasi bo’yicha +10 daraja bo’lishi kerak. Keyin bu o’simlik namlikni sevadi.

2. Rossiyada XIX asrga qadar guruchni «saratsin doni» deb atashgan.

3. Sholi poyasining uzunligi bir yarim metrgacha yetishi mumkin.

4. Guruchning 70 foiz qismini uglevodlar egallaydi. Oqsillar guruchda juda kam bo’ladi.

5. Guruchdan turli shirinliklar ham tayyorlashadi. Kosmetika pudrasi ham aynan guruchdan tayyorlanadi.

6. Guruch yig’ishtirib olingach, sholi somonidan sanoatda qog’oz va kartonlar tayyorlanadi.

7. Guruchni odamlar bundan 9 ming yil burun yetishtira boshlashgan.

8. Dunyoning yarim aholisi asosan guruch iste’mol qiladi.

9. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, yer yuzidagi 1 milliardga yaqin odam guruch yetishtirish bilan band.

10. Ayrim tog’li davlatlarda, masalan, Butanda faqat qizil guruch yetishtirishadi.

11. Osiyoda guruch boylik timsoli sanaladi.

12. 100 gramm guruchda 82 kilokaloriya mavjud. Demak, undan parhez taomi sifatida foydalansa bo’ladi.

13. Osiyoning ba’zi davlatlarida guruchdan sharob va pivo ham tayyorlashadi.

14. Guruch Yevropada Aleksandr Makedonskiy yurishidan so’ng paydo bo’lgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading…