XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

SARIMSOQ HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Botanika nuqtai nazaridan qaraganda, sarimsoq piyozning qarindoshi sanaladi.

2. Sarimsoqning vatani O’rta Osiyo hisoblanadi. Uni 5 ming yil oldin hozirgi Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston hududida yetishtira boshlashgan.

3. Sarimsoq poyasi bir yarim metrgacha uzunlikka ega bo’ladi.

4. Fransiyaning Gaskon viloyatida «turen» deb nomlangan sarimsoqli sho’rva pishirishadi.

5. Sarimsoq rasman shifobaxsh o’simliklar qatoriga qo’shilmagan. Lekin xalq tabobatida u juda keng qo’llaniladi.

6. Dunyoda eng ko’p sarimsoq iste’mol qilinadigan davlatlar Xitoy, Koreya va Italiyadir.

7. Qadimiy Hindistonda sarimsoq dorivor o’simlik sifatida keng qo’llanilgan. Ammo o’tkir hidi tufayli uni iste’mol qilishmagan.

8. Sarimsoq tarkibida antibiotiklar ko’pchilikni tashkil etadi.

9. It-mushuklar uchun sarimsoq zaharlidir.

10. 2009 yili Xitoyda cho’chqa grippi keng tarqaldi. Bu dardga sarimsoq shifo berishi ma’lum qilingach, sarimsoqning narxi 40 barobargacha ko’tarilib ketdi.

11. Sarimsoq o’ta xavfli bakteriyalarni ham o’ldirish xususiyatiga ega.

12. Qadimda yovuz ruhlar, jinlar sarimsoq hididan qo’rqadi deb o’ylashgan. Shuning uchun hamma o’z uyida albatta sarimsoq asragan.

13. Qadimiy Rimda harbiylarga doimiy ravishda sarimsoq yedirishgan. Bu nafaqat salomatligini yaxshilashi, balki harbiyga qo’shimcha kuch, matonat ato etishiga ishonishgan.

14. 1720 yili sarimsoq butun boshli Fransiyani balodan asrab qolgan. O’shanda Fransiyaga o’ta xavfli o’lat kirib kelgan. Uni faqat sarimsoq hamda uksus aralashmasi yordamida yo’q qilishgan.

15. Amerikaning Chikago shahri hindular tilidan tarjima qilinganda, «yovvoyi sarimsoq» ma’nosini beradi.

16. Sarimsoq tarkibidagi antibiotiklar sharofati bilan immunitetni ko’taradi va qonni suyultiradi.

17. Sarimsoq vitamin, minerallarga boy. U kaliy, temir, kalsiy, magniy, margans, sink kabilarning xazinasidir.

18. Olimlarning aytishiga ko’ra, ko’p sarimsoq iste’mol qiladiganlar yurak kasaliga yo’liqmas ekan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…