XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

KABUTAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Kabutarning xotirasi hid va landshaftga asoslangan. Bundan tashqari, u quyosh yordamida ham mo’ljalni aniq ola biladi.

2. Kabutar odamlarning yuz tuzilishini eslab qolishda ham qarg’alardan sira qolishmaydi. Masalan, o’zini ranjitgan odamni eslab qoladi-yu, hayotda qaytib o’sha odamning qarshisida paydo bo’lmaydi.

3. Ikkinchi jahon urushi davrida kabutarlarning aksariyati aloqachi sifatida faoliyat yuritayotib, halok bo’lgan. Ayrimlariga o’limidan keyin jasurlik ordeni ham taqdim etilgan.

4. Dunyo bo’yicha kabutarlarga qo’yilgan yodgorliklar o’ttiztadan ortiqni tashkil etadi.

5. Kabutarning ko’rish imkoniyatlari keng. Ko’zlari ham xavfdan yaxshi himoyalangan. U Quyoshga tik qarab tura oladi.

6. Biolog olimlarning ta’kidlashicha, kabutarlar yuzlab yillar oldin Mavrikiya hududida yashab, keyinchalik qirilib ketgan «Dodo» qushining yaqin qarindoshi ekan.

7. Yoshi ulug’ kabutarning patlari soni 10 mingtadan oshadi.

8. Kabutar go’shti tovuq go’shtidan 5-6 marta to’yimliroq va mazaliroq.

9. Kabutar hayoti davomida faqat bir marta juft tanlaydi va jufti o’lim topgan taqdirda ham boshqasiga qaramaydi.

10. Yer yuzida kabutarlarning 300 tadan ko’proq turi mavjud.

11. Bir kecha-kunduzda kabutar ming kilometrgacha yo’l bosa oladi.

12. U soatiga 70 kilometr tezlikda harakatlanadi.

13. Kabutarning ko’zlari bir soniyada 75 ta kadrni qabul qilib oladi. Odamning ko’zlari esa bir soniyada atigi 24 ta kadrni qabul qiladi.

14. Kabutar o’rtacha 20 yil umr kechiradi.

15. Erkak va urg’ochi kabutar poloponlarni dunyoga keltirgach, ular to kuchga to’lib mustaqil hayot kechira olguncha parvarish qiladi, boqadi, tashqi xavflardan himoya qiladi. Afsuski, bu poloponlar bir kun kelib voyaga yetadi-yu, ota-onasini butkul unutadi.

Astag’firillo!!!

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…