TIMSOH HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Timsohni ko’pincha alligator bilan adashtirishadi. Alligator butkul boshqa jonivor.
2. Timsohlar dinozavrlarning avlodi hisoblanadi.
3. Timsohlarning qarindoshi qushlar ekan. Bu narsa shubhasiz, ko’pchilikni hayratga soladi.
4. Timsoh juda ayyor jonivor. Kiyiklar, yoki boshqa hayvonlar daryo bo’yiga suv ichgani kelishini oldindan sezadi va belgilangan vaqtda sohilga yaqinlashib, o’ljasini osonlikcha qo’lga oladi. Yana bir ayyorligi shundaki, daryoda oqimga qarshi og’zini ochgan holda chalqancha yotib oladi. Ko’ribsizki, baliqlarning o’zi og’ziga kelib tushaveradi.
5. Alligatordan farqli o’laroq, timsoh sho’r suvda ham yashay oladi.
6. Qorni to’q timsoh o’lja tap-tayyor turgan bo’lsa ham hamla qilmaydi.
7. Timsohning tishlari har ikki yilda bir marta yangilanib turadi.
8. Suvda yashasa-da, timsoh quruqlikka tuxum qo’yadi.
9. Timsohning yana bir ajabtovur odati bor. U og’zini ochgancha yotib oladi. Mayda qushlar uning og’ziga kirib tishlari orasida qolib ketgan go’sht parchalarini tortib olib yeyishadi. Timsoh bu qushlarga hech qachon tegmaydi.
10. Quruqlikda timsoh qisqa masofaga o’zining kalta oyoqlari bilan ham fantastik tarzda tez chopadi.
11. Timsoh yuz yil va undan ham ko’proq umr ko’radi.
12. Timsoh go’shtni chaynay olmaydi. Ularning jag’ qismi chaynashga moslashmagan. Shuning uchun u o’ljasini bo’laklarga bo’lgan holda butunligicha yutadi.
13. Favqulodda vaziyatlarda timsohlar bir-birlarini yeb qorin to’ydiradi.
14. Qorni to’q timsoh to’g’ri kelib qolganda, bir yil va undan ko’proq vaqt yemishsiz yashay biladi.
15. Ayrim timsohlar qurg’oqchilik paytida suv havzasining eng tubiga tushib uyquga ketadi.
16. Bir yeyishda u o’z vaznidan besh karra og’irroq o’ljani yeb bitiradi.
17. Eng yirik timsohning uzunligi 7 metr, vazni 1 tonnagacha yetadi.
18. U suvda soatiga 40 kilometr tezlikda suzadi.
19. Timsoh hajm jihatidan yirik bo’lsa-da, tuxumi g’oznikidan ham kichikroq bo’ladi.
20. O’ljani yaxshi hazm qilish uchun timsoh tosh yutadi.
21. Qadimiy Misr aholisi timsohga xudo o’rnida sig’ingan.
22. Qadimiy Xitoyliklar timsohdan qo’riqchi it o’rnida foydalangan. Timsohni zanjirlab qo’riqlanadigan bino yoniga boylashgan. U hayotda birovni binoga yaqinlashtirmagan.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…