XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

TOShBAQA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Toshbaqa yer yuzida 220 million yil oldin paydo bo’lgan.

2. Hozirgi toshbaqalarning ota-bobolari tishga ega bo’lgan emas. Keyin ular boshini toshi ostiga berkitishni ham bilishmasdi.

3. Toshbaqa ustida himoya vositasi hisoblanmish toshga ega bo’lsa ham baribir kushandalari yo’q emas. Masalan, qoplonlar o’zining uzun qo’llari bilan tosh ostidagi boshni juda osonlikcha tutib ola biladi.

4. Yer yuzidagi eng yirik toshbaqa sifatida toshi teriga o’xshash toshbaqa turi tilga olinadi. Ularning sof vazni ulg’aygach, 1 tonnagacha yetadi.

5. Qadimda qirilib bitgan arxelon zotli toshbaqalarning vazni esa 2 tonnagacha yetardi.

6. Toshi terini eslatuvchi toshbaqa turining go’shti zaharli. Chunki u zaharli meduzalar bilan oziqlanadi.

7. Ayrim toshbaqalar 100 yilgacha umr ko’radi.

8. Toshbaqa odamning qiyofasini esda saqlab qolish va ularni bir-biridan ajarata bilish xususiyatiga ega.

9. Toshbaqalar Antarktidadan boshqa barcha materiklarda umr kechiradi.

10. Toshi teriga o’xshash toshbaqa turi okeanda bir kilometr chuqurlikkacha sho’ng’iy oladi.

11. Urg’ochi toshbaqa qanchalar yirik bo’lsa, tuxumi ham yiriklasha boradi.

12. Suvda hayot kechiruvchi toshbaqalar latifalarda aytilganidek sekin harakatlanmaydi. Ular soatiga 30-35 kilometr tezlikda harakatlanadi.

13. Botqoq toshbaqalari ochlikka chidashda tengsizdir. Kerak bo’lsa ular 4-5 yillab och yura oladi. O’lmaydi.

14. Yirik dengiz toshbaqalari delfinlar tilini tushunadi. Bu olimlarning tadqiqotlarida o’z isbotini topgan.

15. O’rta yer dengizida yashovchi toshbaqalar hayoti uchun xavf tug’ilsa, xuddi ilon kabi vishillay boshlaydi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…