image0

Bugun, 21 avgust kuni dunyodagi eng keksa inson o‘zining 116 yoshini nishonlamoqda. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobi xabar berdi.

“Angliyadagi Surray grafligida yashovchi Etel Katerxem rekord egasi bo‘lib, 30 apreldan buyon dunyodagi eng keksa ayol hisoblanadi, chunki LongeviQuest uning yoshini tasdiqlagan”, deyiladi xabarda.

Katerxem 1909 yilning 21 avgustida Xempshir grafligida tug‘ilgan. U sakkiz farzandli oilaning a’zosi bo‘lgan. Uning opasi Gledis Babilas ham uzoq umr ko‘rib, 2002 yilda 104 yoshida vafot etgan.

Katerxem Katerxem 1976 yilda turmush o‘rtog‘idan ayrilgan, shuningdek, ikki farzandi ham uzoq yashamagan. U 1909 yilda tug‘ilgan oxirgi tirik inson sifatida tilga olinadi. Shuningdek, Katerxem 2020 yilda – 110 yoshida COVID-19 bilan kasallangan va pandemiyani boshidan kechirgan eng keksa insonlardan biri hisoblanadi. 

“Har bir imkoniyatga “ha” deng, chunki uning qayerga olib borishini hech qachon bilmaysiz. Ijobiy kayfiyatni saqlang va hamma narsada me’yorni biling”, deydi Katerxem undan uzoq umr ko‘rish siri haqida so‘ralganda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yaponiyalik 108 yoshli Shitsui Xakoishi dunyodagi eng qari sartarosh sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgani xabar qilingandi. Umumiy hisobda 108 yil-u 115 kundan beri yashab kelayotgan ayol 1916 yil 10 noyabrda mamlakatning Tochigi prefekturasida joylashgan Nakagava shaharchasida dehqon oilasida tug‘ilgan.