BILASIZMI?..

 

 

ONDATRA HAQIDA HAQIQATLAR

 

1. Ondatra Shimoliy Amerikada keng tarqalgan. Bu jonivor Yevropa va Osiyoga  ham yaxshigina o’rganib qolgan.

2. Ondatra tashqi ko’rinishidan kalamushni eslatib yuboradi. Lekin kalamushdan ko’ra hajmi katta. Vazni ham taxminan 1-2 kiloga ko’proq.

3. Ondatra qonida gemoglabin darajasi juda yuqori. Shuning hisobiga u o’ta sovuq suvda ham bemalol yashay oladi. Buning ustiga yungi ham qalin va zich.

4. Ondatra asosan ichsa bo’ladigan toza suvlarda yashashni ma’qul ko’radi.

5. Iqlimi issiq mamlakatlarda ondatra bir yilda 4-5 marta bolalaydi. Sovuq hududlarda esa yiliga ikki martagina bolalaydi xolos.

6. Ondatraning homiladorlik davri 30 kun davom etadi. U 6-8 ta atrofida ondatrachalarni dunyoga keltiradi. Har bir bolasi 20 gramm vazn bilan dunyoga keladi. Ular 2-3 hafta davomida ona suti bilan oziqlanadi.

7. Erkak ondatra urg’ochiga bolalarini katta qilishda umuman yordam bermaydi. Oradan bir oy o’tgach, ondatra bolalari mustaqil hayot tarzini boshlaydi.

8. Suvda ondatra soatiga 5 kilometr tezlikda suza oladi. U suv ostida uzoq muddat kislorodsiz turib qola oladi. Olimlar uning qancha vaqt suv ostida tura bilishini aniqlashgan. Ondatra suv ostida 17-20 daqiqa tura olarkan.

9. Ondatra suv o’tlaridan tashqari baliq, qurbaqa va mollyuskalarni tutib yeydi. Quruqlikda esa ondatraning o’zi o’ljaga aylanadi. Uni tulki, to’ng’iz, bo’rilar juda sevib iste’mol qiladi. Aslida suvda ham uning kushandalari yo’q emas. Katta baliqlar nazariga tushsa, ondatra hech qachon tirik qolmaydi.

10. Amerikada ondatra go’shtini sevib tanovul qilishadi. Amerikaliklarning gapiga qaraganda, ondatra go’shti mazasi quyon go’shtini eslatarkan.

11. Tutqunlikda ondatra 10 yilgacha umr ko’radi. U egasiga ortiqcha tashvish, muammo keltirib chiqarmaydi. Nima bersa o’shani yeb kun ko’raveradi.

12. Ondatra o’zi yig’gan zahira yemishlarni asrash uchun alohida ombor qurib oladi.

13. Ondatrani suv sanitari deb atash ham to’g’ri bo’ladi. U suvni zaharlaydigan barcha narsalardan tozalab turadi.

14. Ondatra yungidan tikilgan telpak O’zbekistonda ham anchagina qimmat turadi.

 

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading…