XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

ShER HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Sher yuragi egasining hajmiga nisbatan mushuksimonlar oilasida eng kichik hisoblanadi.

2. Sher mushuksimonlar oilasida hajmi kattaligi bo’yicha ikkinchi o’rinni egallaydi. Birinchi o’rin yo’lbarsga tegishli.

3. Bundan 1, 5 ming yil oldin sherlar Yevropada ham ko’pchilikni tashkil etgan. Ammo barchasini odamlar qirib tashlagan.

4. Sher tabiatan juda dangasa jonivor. Agar qorni to’q bo’lsa, faqat jiddiy xavf tug’ilganda va soyaga o’tishga to’g’ri kelgandagina o’rnidan qo’zg’aladi.

5. Ovni asosan sher urg’ochilari amalga oshiradi. Biroq o’lja haddan tashqari yirik bo’lsa, masalan, yovvoyi buqalarni ovlash kerak bo’lganda erkagi ham albatta yordamga keladi.

6. Nikoh mavsumida sher erkagi va urg’ochisi bir kunda yuz martalab jinsiy munosabatga kirishadi. Nikoh mavsumining o’zi esa 1 hafta davom etadi.

7. Sherning irillash odati u ikki yoshga yetganda paydo bo’ladi.

8. Yo’lbarsdan farqli o’laroq, sherlar tunda ko’p ov qiladi.

9. Sher go’shtni hech qachon chaynab yemaydi. Katta-katta bo’laklarni shundayligicha yutadi. Tishni ular o’ljani tilkalab tashlash maqsadlaridagina ishga soladi.

10. Yangi tug’ilgan shervachchalar 1, 5 kilogramm atrofida vaznga ega bo’ladi.

11. Yoz issig’ida sherlar bir kecha-kunduzda 20 soatlab uxlaydi.

12. Yosh shervachchalar 2-3 yosh oralig’ida to’dadan haydab solinadi. Endi ular o’z to’dalarini tuzishlari kerak. Qornini ham o’zlari to’ydirishi lozim.

13. Bir marta ovqatlanishda yoshi ulug’ sher 30 kilogrammgacha go’sht yutadi.

14. Yovvoyi tabiat qo’ynida sherlar 15 yilcha umr ko’radi. Hayvonot bog’ida esa ikki barobar ko’proq yashaydi.

15. Ba’zida sherlar yo’lbars bilan ham jinsiy munosabatga kirishadi. Lekin baribir ulardan tug’ilgan avlod pushtsizlik xastaligi bilan dunyoga keladi.

16. Yoshi ulug’ sherning yungi uzunligi 40 santimetrgacha yetadi.

17. Urg’ochi sherning vazni erkagiga nisbatan ikki hissa kamroq bo’ladi.

18. Sherning tirnog’i uzunligi 7-8 santimetr oralig’ida bo’ladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…