Xitoyning shimoli-g’arbidagi Shensi provinsiyasida arxeologlar eradan oldingi mavjud bo’lgan aholi punkti qoldiqlarini topdilar. Xarobalarning yoshi 3200 yil ekanligi aniqlandi.
Shensi arxeologiya akademiyasi tadqiqotchilarining ta’kidlashicha, Loess platosida taxminan 3 million kvadrat metr maydonni egallagan Chjaygu maydonida binolar, qabrlar, kul chuqurlari va kulolchilik buyumlari topilgan.
Qabrlar mahalliy zodagonlar vakillariga tegishli bo’lgan. Ularning ko’pchiligida qimmatbaho buyumlar: bronza aravalar, otlar figuralari, nefritdan yasalgan buyumlar, suyak, lak saqlanib qolgan.
“Yangi kashfiyot Shensining shimoliy qismida Shan sulolasining so’nggi davrida yuqori darajada rivojlangan bronza sivilizatsiyasi mavjud bo’lganligini ko’rsatadi”, – deya ta’kidladi ilmiy ish mualliflari.