Xitoylik Lu familiyali fermer echkilarini atrofiga yig’ib, nasldorlikni ko’paytirish borasida leksiya o’qidi. Bu marosim uchun jonkuyar erkak tashqariga stol chiqartirib, o’ziga minbar yasadi va ovozkuchaytirgich orqali echkilariga murojaat qildi.

Tashqarida uni o’nlab echkilari o’rab turgandi.

O’z nutqi davomida xitoylik bir echkisini haddan tashqari ma’shuqalari ko’pligi uchun koyidi va bu bilan yoshlarga yomon o’rnak bo’layotganini ta’kidladi. Bu majlisni fermerning qizi videoga olib turdi.

Mazkur videoni ko’rgan insonlar Luning liderlik va tashkilotchilik qobiliyatini maqtashdi.