Xitoy Xalq Respublikasida bo’lib turgan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya tadbirkorlar bilan muloqot qildi, yangi loyihalar xususida dastlabki muzokaralar o’tkazdi.
Shuningdek, Tianjin shahrida Toshkent viloyatining vakolatxonasi bugundan ish boshladi. Shu bilan Toshkent viloyatining Xitoy Xalq Respublikasidagi to’rtinchi vakolatxonasi ochildi. Avvalroq, Shenchjen, Urumchi, Bochjou shaharlarida ham shunday vakolatxonalar ochilgan edi.
Eslatib o’tamiz, ayni paytda viloyatimizda Xitoy tomoni bilan hamkorlikda 400 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.
Izohlarni ko`rish