Deyarli barcha xonadonlarda idishlarni yuvish uchun gubkalardan foydalaniladi.
Aslida, gubkalar uydagi eng iflos buyum hisoblanadi. Ular hattoki unitaz o’tirgichiga nisbatan 200,000 marotaba ko’proq kirlik saqlaydi. Sababi oddiy: ular doim nam, issiq va ovqat qoldiqlariga boy, bu esa mikroblarni o’sib, ko’payishiga optimal sharoit hisoblanadi. Agar mikroskop ostida ko’rsangiz ko’zlaringizga ishonmasligingiz aniq.
Oshxonadagi sochiqlar ham ifloslik darajasi bo’yicha gubkadan qolishmaydi. Ular ham odatda doim nam va issiq joyda saqlanadi hamda infeksiyalarni maishiy yo’l orqali tarqalishida asosiy manba hisoblanadi.
Izohlarni ko`rish