Moda dunyosi ekspertlari dizayner Viktoriya Bekxemning liboslarini yaratish uchun o’ldirilgan hayvonlar sonini hisoblab chiqdi, deb yozadi «MK.ru»ga tayanib daryo.uz . Dizaynerning o’zi va uning yaqinlari uning garderobida tabiiy mo’ynadan qilingan kiyim-kechaklar yo’qligini da’vo qilmoqda.
Ammo mutaxassislar ta’kidlashicha, mo’ynalar bo’lmagan taqdirda ham, libos va poyabzallar uchun yuzlab hayvonlar o’ldirilgan.
Masalan, Viktoriyaning tuflilari va sumkalari soniga ko’ra, ular uchun 780 ta qo’zi, 600 ta buzoq, 130 ta timsoh va 43 ta tuyaqush qurbon qilingan.
Bekxem ekzotik jonivorlar terisidan qilingan eksklyuziv kiyim-kechaklar ishqibozi hisoblanadi. Uning kurtkalar, paltolar, yubkalar, qo’lqoplar va kamarlar to’plamiga 313 ta kaltakesak, 16 ta bizon va 63 ta echki terisi ketgan.
Shuningdek, Victoria Beckham brendining Quincy bag deb ataluvchi sumkasi va katta klatchi ilon terisidan tikilgan.