2023 yilning 26 aprelidan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent va Jakarta o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aviatashuvlarni qayta tikladi. Bu haqda milliy aviakompaniya xabar bermoqda.
Soekarno-Hatta xalqaro aeroportida havo kemasi an’anaviy tarzda suv arkasi bilan, yetib kelgan reys ekipaji a’zolari esa gullar bilan kutib olindi.
Toshkent – Jakarta – Toshkent yo’nalishidagi parvozlar har haftaning chorshanba kunlari qulay, keng bort sahniga ega Boeing 787 Dreamliner havo kemasida amalga oshiriladi
Uzbekistan Airways bilan birgalikda Jakarta orqali Indoneziyaning eng go’zal go’shalari sanaladigan Bali, Yava, Sumarat va Kalimantan orollariga tashrif buyurishi mumkin.
Izohlarni ko`rish