Uxlayotganimizda biz bilan sodir bo'ladigan 9 ta g'aroyib narsa

Dam olayotganimizda tashqi olamdan butunlay uzilamiz, biroq miyamiz ishlashdan to’xtamaydi. Mazkur maqolada Layfxaker tomonidan berilgan qiziqarli ma’lumotlar taqdim etiladi.

1. Uyquning bir necha siklini boshdan kechiramiz

Uxlayotganimizda biz bilan sodir bo'ladigan 9 ta g'aroyib narsa

 

Dastlab organizm sekin uyquning birinchi bosqichiga o’tadi. Ko’zimiz ilina boshlaydi, biroq hali qisman atrofdagi haqiqatni anglashda davom etamiz. Ikkinchi va uchinchi bosqichlardan keyin tezkor uyqu fazasi boshlanadi. Ana shu bosqichda tushlar ko’ramiz. To’liq sikl 90-120 daqiqani tashkil etadi va tun davomida 4-5 marta takrorlanadi.

2. Miyadagi barcha chiqindilar chiqarib tashlanadi

Tadqiqot ma’lumotlariga ko’ra, uyqu vaqtida chiqindilarni chiqarib tashlash tizimi ishga tushadi. Miya orqali orqa miya suyuqligi tezroq haydaladi. Shu tariqa zaharli moddalar yo’qotiladi. Masalan, bir kun davomida to’planadigan molekulyar chiqindi Alsgeymer kasalligi va demensiyaga olib kelishi mumkin.

3. Yangi ma’lumotlar xotirada saqlanadi

Uxlayotganimizda biz bilan sodir bo'ladigan 9 ta g'aroyib narsa

Uyqu vaqtida miya ma’lumotni qisqa muddatlidan uzoq muddatli xotiraga joylashtiradi. Shuning uchun ham uyqu o’qish-o’rganish uchun muhim. U olingan axborotni keyinchalik foydalanish uchun mustahkamlashda yordam beradi. Shunday ekan, agar imtihon topshirishingiz kerak bo’lsa, tuni bo’yi ma’lumotni yodlamasdan to’yib uxlab olgan ma’qul.

4. Vaqtinchalik harakatlanish qobiliyatini yo’qotamiz

Uxlayotganimizda biz bilan sodir bo'ladigan 9 ta g'aroyib narsa

Tezkor uyqu fazasida miya harakat uchun mas’ul bo’lgan neyronlarni o’chirib qo’yadi. Bunday vaqtinchalik falajlik xavfsizligimiz uchun zarur. Aynan shu sababli tepmaymiz, harakatlanmaymiz va tushdagi voqealarni harakatlarimizda takrorlamaymiz. Bu holat odatda 20 daqiqaga yaqin davom etadi.

5. Miya quvvat zaxirasini to’ldiradi

To’g’ri ishlash uchun jami organizm va xususan, miya uchun uyqu yetarli miqdorda bo’lishi lozim. Bu holat to’yib uxlamaganimizda nima uchun ortiqcha iste’mol qilishingizni tushuntirishi mumkin. Uyqu yetishmaganida ochlik gormoni – grelin ko’proq ajratiladi. Mazkur vaziyatda kaloriyali mahsulotlar va non kabi oddiy uglevodlarni yeyish istagi paydo bo’ladi.

6. Bizdagi harakatlanish ko’nikmalari avtomatlashtiriladi

Uxlayotganimizda biz bilan sodir bo'ladigan 9 ta g'aroyib narsa

Tezkor uyqu vaqtida miya olingan harakatlanish ko’nikmalarini mustahkamlaydi. Harakat haqidagi ma’lumot miyaning chakka qismiga kelib tushishi bilan u haqida o’ylashimiz shart bo’lmay qoladi. Siz uni avtomatik tarzda bajarasiz. Shuning uchun agar mashinani yaxshiroq boshqarish, raqs tushish yoki tennis o’ynashni istasangiz, uzoqroq uxlang.

7. Muhim qarorlarni qabul qilamiz

Ikkita yo’ldan birini tanlashda qiynalib, ikkilanayotgan bo’lsangiz – uxlab oling. Tadqiqot natijalariga ko’ra, miyamiz uyqu vaqtida murakkab muammolarni qayta ishlaydi. Uyg’onishingiz bilan qarorlarni qabul qilish oson kechadi.

8. Reallikdan uzoqlashamiz

Chuqur uyqu fazalarida miya atrofdagi olamdan uziladi. Uyqudagi suhbat va yurish holatlari ana shu bilan izohlanadi. Amerika uyqu muammolari milliy jamg’armasining ma’lumotlariga ko’ra, uzoq vaqt davomida to’yib uxlamasak, g’ayritabiiy xulq-atvor ehtimoli ortadi. Shunday ekan, 7-8 soat uxlashga harakat qiling.

9. Ijodiy salohiyatimiz ortadi

Ilhom izlayapsizmi? Berklidagi Kaliforniya universiteti olimlari aytishicha, miya uyqu vaqtida ma’lumotlar o’rtasidagi bir-biridan uzoqlashgan bog’liqliklarni payqashni boshlaydi. Kunduz kuni biz ularni sezmaymiz. Uyqudan keyin tajriba ishtirokchilari ijodiy yechimlarni 33 foizga ko’proq topishgan.

Yuqoridagi ma’lumotlar uyquning hayotimizdagi ahamiyatini aks ettiradi. Shunday ekan, ishingiz qanchalik ko’p bo’lsa ham tunda 7-8 soat uxlang. Bu inson organizmining to’laqonli faoliyati uchun juda muhim.

loading…