XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

EChKI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Olimlarning izlanish natijalari shuni ko’rsatganki, echki ilk bor 9000 yil oldin Yaqin Sharqda qo’lga o’rgatilgan.

2. Echki hayvonlar orasida sil kasaliga yo’liqmaydigan kamchil jonivorlarning biridir.

3. Echki qo’y va qoramol yoki boshqa jonzotlarga o’xshab yaylov tanlamaydi. Yaxshimi-yomonmi, maysa bo’lsa bas, qornini to’ydirib ketaveradi.

4. Echki kuchli sovuqni ham, issiqni ham sira qiynalmasdan ko’tara oladi. Ammo namlik kuchli bo’lgan iqlimga sira ko’nika olmaydi.

5. Amerikada ayrim fermer xo’jaliklari shaytonlashga moyil echki turini yetishtiradi. Ular nimadandir qo’rqib ketsa, shaytonlab hushini yo’qotadi. Birozdan keyin asta o’rnidan turib yo’lida davom etaveradi.

6. Echkining bitta erkagi 30-50 tagacha urg’ochini boshqara biladi.

7. Echkilar uy hayvoni sifatida bebahodir. Ularni sevsangiz, javobini ham ikki hissa qilib qaytarishadi.

8. Echki juda qiziquvchan hayvon. Shuning uchunmi, duch kelgan buyumni mazasini tatib ko’rish uchun yeb qo’yadi-da, keyin qiynalib yuradi.

9. Angor va Kashmir echkilarini asosan yungi uchun boqishadi. Bundan tashqari ularning suti ham alohida ahamiyatga ega.

10. O’rta asrlarda kimyogarlar echkining boshini oltingugurt timsoli sifatida qadrlashgan.

11. Echkilar qaysi davlatda yashasa, bir-biri bilan o’sha joy tilida so’zlashadi. Aniqrog’i, ma’rashida mahalliy tilning aksenti namoyon. Masalan, Angliyada yashasa, ingliz, Rossiyada yashasa rus, O’zbekistonda yashasa, o’zbekcha aksentga ega. Ishonmaydiganlar buni amalda tekshirib ko’rishsa ham ziyon qilmaydi.

12. Echki suti odam organizmidan radionuklidlarni haydab chiqaradi. Sil xastaligiga chalinishdan asraydi. Olimlar tadqiqotlari shuni ko’rsatganki, bir yilda 5 litr va undan ko’proq echki suti ichadiganlarda sil kasaliga yo’liqish xavfi nolga teng bo’ladi.

13. Qadimda echki terisidan pergament tayyorlashgan. Qog’oz ishlab chiqarilguncha qadimgilar xuddi shu pergamentga yozishgan.

14. Marokash echkilari o’tloqlar yetishmasligidan daraxtlar ustiga chiqib barglar bilan tirikchilik qilishadi.

15. Amerikada faqat sut berishi uchun boqiladigan alohida echki turi 1000 dollar turadi.

16. Litva, Saudiya, Rossiyada har yili urg’ochi va erkak echkilar o’rtasida alohida go’zallik tanlovi tashkil etiladi.

 

EChKI SUTI HAQIDA ALOHIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Echki sutini odamlar eramizdan avvalgi 10 minginchi yillarda icha boshlagan.

2. Echki suti tarkibida A, S, Ye, V, D vitaminlari ko’p. Bu sut tarkibida kalsiy miqdori ham ko’pchilikni tashkil etadi.

3. Echki suti sigir sutiga nisbatan ikki hissa yog’liroq. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, qadimda echki suti bilan xastalangan qora taloqni davolashgan ekan.

4. Echki suti terini yoshartirish, ajinlar va dog’larni yo’q qilish xususiyatiga ega.

5. Bu sut meteorizmdan azoblanuvchilar uchun ham juda katta foyda beradi. Echki suti allergik xastaliklarga qarshi kuchli qurol hisoblanadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…