«Usmoniylar imperiyasi tarixi» turkumidan: «USMONIYLARNING BUGUNGI AVLODLARI»

 

 

XURRAM SULTON VA SULAYMONNING BUGUNGI

MEROSXO’RI«Usmoniylar imperiyasi tarixi» turkumidan: «USMONIYLARNING BUGUNGI AVLODLARI»

 

Bugungi kunda Xurram sulton hamda sulton Sulaymonning yana bir merosxo’ri, avlodi oramizda yashamoqda. U Roksan Kunter xonimdir.

Roksan 1984 yil Istambulda tavallud topgan. Qisqa vaqt Fransiyada yashagan. Keyin yana vatanga qaytgan. O’n yildan ko’proq vaqt Turkiya basketboli yulduzi hisoblanib kelgan. Hozir esa mashhur teleboshlovchi. Sport xabarlarini efirga uzatadi. Turkiyaning eng go’zal ayoli sifatida e’tirof etiladi.

 

OILASI:

«Usmoniylar imperiyasi tarixi» turkumidan: «USMONIYLARNING BUGUNGI AVLODLARI»

 

Otasi Erman Kunter hozir ham basketbol bo’yicha Turkiya termasini boshqaradi. Onasi kosmetika bilan bog’liq kompaniyada ishlaydi. Turmushga chiqqan. O’g’li 6 yoshga to’ldi.

Sultonlar sulolasidan bo’lishiga qaramay, Roksan kamtar ayol. Birovlardan o’zini yuqori ko’rmaydi. Kamtargina hayot tarzini kechiradi. Saroyi ham, qullari, armiyasi ham yo’q.

O’tmishdagi ajdodlari bo’lmish usmoniylar bilan juda faxrlanadi. Aytishicha, Roksan Kunterni ham «Muhtasham yuz yil» serialida bosh rolga — o’zining besh avlod oldingi buvijonisi Xurram sulton roliga taklif etishgan. Lekin ayrim sabablarga ko’ra bu rolni ijro eta olmagan. Shunga qaramay, Xurram sulton obrazini yaratgan aktrisa Meryam Uzerlidan juda minnatdor. Haqiqatan, Uzerli Xurram sulton obrazini ko’ngildagidek yarata olganini tan oladi.

 

USMONIYLARNING  BUGUNGI  ShAHZODASI

«Usmoniylar imperiyasi tarixi» turkumidan: «USMONIYLARNING BUGUNGI AVLODLARI»

 

Garchi bir asr oldin usmoniylar imperiyasi tugatilib, Turkiya respublikasi bunyod etilgan bo’lsa-da, bu sulolaning avlodlari hozirgi kunda ham haqiqatan oramizda ko’p. Ulardan biri shahzoda O’rxan Murod Usmono’g’lidir. U 1972 yil 26 dekabr kuni Angliyada tug’ilgan. Sulton Murod V ning besh avlod keyingi chevarasi hisoblanadi.

O’rxan London universitetini tugallagan. Iqtisod va biznes sohasida ishlab, investitsiya kompaniyalaridan birini boshqaradi.

«Usmoniylar imperiyasi tarixi» turkumidan: «USMONIYLARNING BUGUNGI AVLODLARI»

2000 yili O’rxan Patritsiya Emine ismli ayolga uylangan. Hozir ularning ikki o’g’li bor. To’ng’ichi Turon Jem Efendi 2004 yil 7 yanvarda, kenjasi Tamir Nihod Efendi 15 aprel 2006 yili tug’ilgan. Bu oila hozir Angliyaning Bakingemshir grafligida istiqomat qiladi.

O’rxan Murod Usmono’g’li «Muhtasham yuz yil» serialiga ijobiy munosabat bildirgan. Uning aytishicha, serial ekranlarga chiqqandan so’ng usmoniylar tarixiga ko’pchilikda qiziqish uyg’ongan.

«Usmoniylar imperiyasi tarixi» turkumidan: «USMONIYLARNING BUGUNGI AVLODLARI»

Otasi Usmon Salohiddin Usmono’g’li usmoniylar oilasining 41- yetakchisi Ali Vosibning o’g’li. 1940 yili Aleksandriyada tug’ilgan. Ota-onasi o’sha paytlarda quvg’inda edi. U sulton Murod V ning ota tarafdan chevarasi. Onasi Emine Mukbile sulton Mehmed V ning ota tarafdan nevarasi hisoblanadi. Usmon Salohiddin «Muhtasham yuz yil» serialini tanqid qilganlarga shunday javob qilgan:

— Bu badiiy asar, hujjatli film emas. Agar hujjatli film bo’lib xatoliklarga yo’l qo’yilsa, tanqid qilishga haqli edingiz. Lekin serialni tanqid qilish noto’g’ri. Unga asosan rejissyor va ssenariy mualliflarining fantaziyasi singdiriladi. Busiz kinoasar tomoshabinni o’ziga rom eta olmaydi.

Olimjon HAYIT tayyorladi