UEFAning moliyaviy direktori Yozef Koller taqdim etgan hisobotga ko’ra, tashkilotning o’tgan mavsumdagi daromadi 4 milliard yevrodan oshdi.
2021/22 yilgi mavsumdagi daromad 4,052 milliard yevroni tashkil etdi, bu o’tgan yilga nisbatan 1,673 milliard yevroga kam, ammo 2019/20 yilgi mavsumdan 1,014 milliard yevroga ko’p.
Shu bilan birga, UEFA shafeligidagi klub musobaqalaridan tushgan daromad 3,614 milliard yevroni tashkil etdi.
Bu mablag’ o’tgan mavsumga (3,156 milliard yevro) nisbatan 15 foizga ko’pdir. Xalqaro musobaqalarga kelsak, UEFAning 2018-2022 yilgi davrdagi daromadi 2014-2018 yillardagidan deyarli ikki baravarga ko’p (1,911 milliard yevroga nisbatan 1,033 milliard yevro).
UEFA balansi 3,2 milliard yevrodan 2,7 milliard yevroga qisqardi, tashkilot zaxiralari esa 523 million yevrodan 447 million yevrogacha qisqardi.
Hisobotda 2021/22 yilgi mavsumda koronavirus pandemiyasining Yevropa futboliga ta’siri ta’kidlangan.