Messining ko'rsatkichlari yuqori

«PSJ» hujumchisi Lionel Messi Fransiya chempionatining joriy mavsumida 4 ko’rsatkich bo’yicha yetakchilik qilmoqda.

Messi yetakchilik qilayotgan ko’rsatkichlar:

— raqib darvozasi yaqiniga (darvozagacha 10 metr masofa) berilgan uzatmalar orqali boshlangan hujumlar (215);
— jarima maydoniga berilgan uzatmalar (76);
— kesib berilgan uzatmalar (18).

Argentinalik futbolchi joriy mavsumda 13ta golga assistentlik qilgan va bu borada ikkinchi natija qayd etib turibdi (eng yaxshi natija Mbappeda — 14 assist). Messining bir o’yindagi o’rtacha assistlari soni 0,65ga teng. Bu esa Liga-1’dagi eng yaxshi ko’rsatkich hisoblanadi.

Messi Fransiya chempionatining ushbu mavsumida 22 bahsida ishtirok etgan. Uning hisobida 4ta gol mavjud.