Ukraina mojarosi Twitter trendlari orasidan yo’qolmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak ma’lum qildi.
Shu bilan birga siyosatchi Ukraina raqamlari orqali tarmoqda ro’yxatdan o’tish imkoni yo’qolganini aytgan.
27 oktyabr kuni Ilon Mask Twitter’ni sotib oldi. Bu unga 44 milliard dollarga tushgan. Shundan keyin tadbirkor bir qator xodimlarni ishdan bo’shatdi. Business Insider portali ma’lumotlariga ko’ra, Mask rahbar bo’lganidan keyin kompaniya shtatida 2300 kishi qoldi.
Shuningdek, milliarder Twitter’da bir necha bor Ukraina bo’yicha shov-shuvli postlari bilan ham yodda qoldi. Bir necha oy oldin u mamlakatda davom etayotgan qurolli mojaroni to’xtatish bo’yicha o’z rejasini taqdim etgandi.
Izohlarni ko`rish