Amal kursisida o’tirganingda kim eng ko’p tovoningni yalasa, kursidan tushganingda o’sha birinchi bo’lib sendan yuz o’giradi, deganlari qanchalik to’g’ri ekaniga o’zim ishonch hosil qildim.
Bir qadrdonim bor edi. Kunora qo’ng’iroq qilib, haftada kelib turar, shifoxonaga tushib qolsam, «ovora bo’lmang», deyishimga qaramay hammadan avval yetib borar, ta’til paytida O’zbekistonning qaysi burchagiga dam olmay, topib borar, «bir cho’qimgina» osh qilmasa, ko’ngli joyiga tushmas edi… Bunisi ham mayli, ikki gapning birida «men sizni otam deganman, siz mening otamsiz», deb, Xudoni o’rtaga solib qasam ichardi…
Mansabim jinday o’zgargan edi, «bolam»ni yo’qotib qo’ydim. Surishtirsam boshqa ota izlab yurgan ekan…
O’tkir Hoshimov
Izohlarni ko`rish