Usmoniylar imperiyasining o’ninchi sultoni Sulaymon-Qonuniy sevimli ayoli Xurram sultondan to’rt farzand ko’rgan. Shularning to’ng’ichi shahzoda Mehmed edi. Basavlat, aqlli, yaqinlariga mehribon, ajoyib jangchi va malakali komandir Mehmedning umri qisqa ekan. Qilichbozlik mashqlaridan birida jiddiy jarohat oldi. Mohidavron deb atalgan yalmog’iz, Sulaymonning birinchi xotini, shahzoda Mustafoning onasi xuddi shu yarasiga vabo virusini aralashtirib, Mehmedning umriga zomin bo’ldi. Virusni Mehmedning yaqin do’stlaridan, qo’riqchilaridan biri yaradan oqib chiqqan qonga aralashtirdi. Shunday qilib qisqa fursatda shahzoda yorug’ dunyoni tark etdi. Ammo yosh bo’lishiga qaramay, farzandli bo’lishga ulgurgandi. Ayya ismli kanizak Mehmedga qiz farzandni hadya etgandi. Unga Humoshoh deya ism berdilar.
Onasi Ayya bilan Humoshoh ham To’pqopi saroyida yashardi. Xurram sulton unga bola paytida juda yaxshi qaradi. Tarbiya qildi. Lekin Humoshoh baxtli malikaga aylana olmadi. Umri davomida uch karra turmushga chiqishga ham ulgurdi. Ilk bor 23 yoshida Farhod Mehmed poshsha ismli 50 yoshli erkakka uzatishdi. Farhod Mehmed poshsha yonicharlar, ya’ni, imperiyaning quruqlikdagi piyoda askarlardan iborat polkida komandirlik qilib salomatligiga putur yetgan ekan. Oradan ko’p o’tmay, olamdan o’tdi.
Qarangki, Humoshoh birinchi eridan 4 o’g’il, 5 qizni dunyoga keltirdi.
Ikkinchi bor Humoshohni Lala Mustafo poshshaga uzatishdi. Bu nikohdan Humoshoh bir o’g’il ko’rdi. Lekin Lala Mustafo poshsha bilan uzoq yashay olmadi. Ajrashib ketdi.
Uchinchi bor yoshi anchagina ulg’aygach, G’ozi Mehmed poshsha ismli erkakka turmushga chiqdi. Ma’lum vaqt birga yashashgach, Humoshoh olamdan o’tdi. G’ozi Mehmed poshsha esa Humoshohning o’limidan keyin ham o’n yil umr ko’rgan.
Shunday qilib, sulton Sulaymondek dunyoni so’ragan shohning nabirasi bu hayotda o’zining rostakam baxtini topa olmay o’tib ketdi.
ESLATMA:
Shahzoda Mehmedning qizi Xumoshoh «Muhtasham yuz yil» teleserialida namoyish etilmagan.
Olimjon HAYIT tayyorladi
Bu gapiz yolgʻon sababi 1 hurram va Sulaymon oʻrtasida 5oʻgʻil boʻlgan
Mehmet,selim,abdulloh,boyazid,jahongir,
2.mohidavron 1-mas sultonning 3-ayoli edi.
Xarxil xabar borda bir narsa yuzasidan oziz bilganga ishonovring oka
Actually information that you gave is wrong? Because according to History Mahidavran ha no role on Mehmet’s death