Har qanday to’y marosimidagi eng kutilgan daqiqa – sohibjamol kelinchakning tantanaga tashrif buyurishi bo’ladi. Har bir millat vakilalarining bu boradagi urf-odatlari, ko’rinishlari, milliy liboslari turlicha. Bu kabi go’zal kelinlarning to’y obrazlari sizda ana shu mamlakat an’analariga nisbatan o’ziga xos qiziqish uyg’otsa ajab emas.
Bolgariya
Bolgariyaning Ribnovo qishlog’idagi to’ylar hamisha yorqin va shov-shuvli tarzda o’tadi. To’y marosimida qishloqdagi barcha mahalliy odamlarni taklif qilish odat tusiga kirgan. Bu yerlik kelinchaklar to’y kuni yuzlarini poklik timsoli bo’lmish oq rangli bo’yoq bilan qoplab olishadi. Keyin esa uning ustiga turli rangdagi yaltiroq bezaklar yopishtirib chiqiladi. Kelinchakning yuzidagi antiqa pardoz kumushrang iplar bilan bezatiladi va gulli chambarakka birlashtirib qo’yiladi.
Yuz qismidagi yaltiroq bezaklar juda ham ko’p bo’lishi kerak, odatga ko’ra ularni to’y kunida kuyov olib tashlashi lozim bo’ladi. Aytishlaricha, bu jarayon juftlik o’rtasidagi muhabbatni mustahkamlar emish.
Qozog’iston
Qozog’iston kelinchaklarining an’anaviy libosi – toy uzatu koylek deya nom olgan. Libos uzun ko’ylak, kamzul va maxsus bosh kiyimi – saukeledan tashkil topadi. Zamonaviy kelinchaklar oq rangli ko’ylakni yorqin rangli kamzul bilan uyg’unlashtirishni ma’qul ko’radilar. Ammo kelinchaklar uchun saukele o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Konussimon shakldagi bosh kiyimi uchiga fata yoki bir nechta pat birlashtirib qo’yiladi. Uning ahamiyati kelinchaklar uchun shunchalar kattaki, saukeleni to’ydan ancha avval tayyorlay boshlashadi.
Nigeriya
An’anaviy Nigeriya to’y libosi – to’r bezakli ko’ylak va naqshinkor chakmondir. Zamonaviy kelinchaklar ko’p hollarda to’y marosimi davomida boshqa turdagi liboslar kiyishlari ham mumkin. Ammo yorqin pardoz qilish usuli, ko’p sonli taqinchoqlar va an’anaviy bosh kiyimi – gele tanlovi aslo o’zgarmaydi.
Gele — chiroyli mato bo’lagi bo’lib, uni bosh qismiga aylantirib o’rab olishadi. To’y gelesi turli munchoqlar, naqshlar, pistonlar yordamida bezatiladi. Uning hajmi katta, o’zi esa nozik bo’lgani sababli bosh kiyimni kiyishga ikkinchi odamning ko’magi zarur bo’ladi.
Yaponiya
Yaponiya kelinchaklari to’y marosimi uchun odatiy ko’rinishdagi oq kimono va katta bosh kiyimini tanlab oladilar. Odatga ko’ra, ushbu obrazda biror rangli detallar ko’zga tashlanmaydi. Oq rang kelinchaklar uchun poklik va musaffolik ramzi sanaladi. Bazm chog’ida esa kelinchaklar rangli kimono kiyib olishlari mumkin. Uni odatda turli munchoqlar, naqshlar va kashtalar bilan bezashadi.
Pokistan
Pokiston kelinlarining to’y kunidagi obrazlarini o’ta chiroyli vajozibador deya ta’riflash mumkin. Ularning liboslari ko’ylak, fata va uzun yopinchiqdan iborat bo’ladi. Yopinchiq yelkalar ustidan kiyib olinadi. Ko’ylak uchun odatda qimmatbaho shoyi va organza matolarini tanlab olishadi. Organza matosi qiyofaga yengillik va shaffoflik bag’ishlaydi, ko’p sonli taqinchoqlar esa obrazning yanada hashamatli bo’lishi uchun yordam beradi.
Kelinchakning bosh qismini kashtalar bilan bezatilgan fata ila yopib qo’yadilar, soch turmagidan burun qismiga qadar halqali zanjir taqinchog’i taqib olinadi. Kelinning soch farqiga toshli va munchoqli taqinchoq taqish odat tusiga kirgan. To’y marosimi uchun kelinning qo’llari va oyoqlariga xinadan bezaklar chiziladi. Naqshlar tajribali usta tomonidan yaratiladi, marosimda kelinchakning butun oila a’zolari qatnashadilar. Vetnam
Ibodatxonalarda o’tkaziluvchi to’y marosimlari uchun yorqin qizil rangli matodan ko’ylak tikadilar, ushbu rang mamlakat odamlari uchun omad va baxtni anglatadi. Kelinning bosh qismiga xandong – parchadan tikilgan an’anaviy bosh kiyimi mahkamlab qo’yiladi. Ushbu aksessuarni munchoqlar va nashqlar bilan bezashadi. Xandongni kelinchaklar butun marosim davomida yechmay o’tiradilar.
Vetnam
Ibodatxonalarda o’tkaziluvchi to’y marosimlari uchun yorqin qizil rangli matodan ko’ylak tikadilar, ushbu rang mamlakat odamlari uchun omad va baxtni anglatadi. Kelinning bosh qismiga xandong – parchadan tikilgan an’anaviy bosh kiyimi mahkamlab qo’yiladi. Ushbu aksessuarni munchoqlar va nashqlar bilan bezashadi. Xandongni kelinchaklar butun marosim davomida yechmay o’tiradilar.
Koreya
An’anaviy milliy koreys libosi – Xanbok deya ataladi. U uzun yubka va keng bichimli ko’ylakdan tashkil topgan. An’anaviy milliy libos yorqin rangda bo’lishi va bir nechta ranglardan ham tashkil topishi mumkin. Uni tikish uchun odatda qimmatbaho matolar: tabiiy shoyi, atlas, parcha va shifon tanlab olinadi.
Odatiy to’y obrazini munchoqlar va toshlar bilan bezatilgan kichikqalpoqcha – chokturi yakunlab beradi. U to’q yoki yorqin rangda bo’lishimumkin, eng muhimi ko’ylak rangiga mos kelishi darkor.
Hindiston
Hindistonning to’y libosi lexenga-choli deb ataladi. U hashamatli sari, naqshlar, munchoqlar, biserlar, toshlar bilan bezatilgan ko’ylakdan iborat bo’ladi. Ayni vaqtda Hindistonda kelinchaklar istalgan rangdagi sari kiyishlari mumkin, ammo odatda kelinlarning aksariyat qismi qizil yoki yashil rangli sari kiyishni ma’qul biladilar.