* * *
Boyvachchaning tavbasi:
— Kun bo’yi chop-choplar shu qadar ko’pki… Qiynalib ketaman… Oqibatda, uyga arang kirib kelaman… Cho’ntakdagi dasta-dasta pullarni chiqarib stolga qo’yishgayam kuch yo’q… Turmaga o’xshaydi bu hayot…
* * *
Yuragi operatsiya qilingan bemorni vrach uyiga kuzatyapti.
— Xullas, chekish, ichish taqiqlanadi. Kuniga sakkiz soatdan uxlaysiz.
— Ayollar masalasi-chi, do’xtir?
— Faqat xotiningiz bilan… Sizga ortiqcha ehtirosga berilish o’lim demakdir!
* * *
Kichkinagina bolakay yo’lda ketayotib o’zicha qo’shiq aytyapti:
— Oh, endi seni o’zganing lablari erkalaydi!
Bir yigit uni ko’rdi-da, kuldi.
— Nima, sevgan qizing tashlab ketdimi?
— Yo’q… Chupa-chupsimni yo’qotib qo’ydim.
* * *
Yalmog’iz kampir o’rmonda ketayotsa, daraxt ustida bir qiz libossiz o’tiribdi. So’radi:
— Uyalmaysanmi kiyimsiz o’tirishga?
— Men kiyimsiz emasman. Bu ehtiros qo’zg’atuvchi kiyim.
Yalmog’iz ham uyga kelib kiyimlarini yechdi-da, ko’chaga chiqdi. Narigi tomondan O’lmas Kashshey kelayotgan ekan.
— Vey, kampir, jinni bo’ldingmi? Nega ko’chada yalang’och yuribsan?
— Yalang’ochmasman. Bu ehtiros qo’zg’atuvchi kiyim.
— Unda shu kiyimingni dazmollab olsang bo’larmidi…
* * *
Ikki jinni ko’chada ketayotgandi. Biri ikkinchisiga dedi:
— Qara, o’lik qush!
Sherigi osmonga qarab so’radi:
— Qani?
***
Talabalar turmush qurishdi. To’y kuni kimdir so’radi:
— To’xtanglar, nega kelin ichmayapti?
— U pul qo’shgani yo’q.
* * *
— Do’xtir, to’g’risini aytishga qo’rqyapman…
— Aytavering! Biz ruhshunoslarga hammasini batafsil aytib bermasangiz bo’lmaydi.
— Qachon qarasam, orqamdan qandaydir begona odamlar ergashib yurgandek tuyulaveradi.
— Shunaqa deng?.. Kim bo’lib ishlaysiz?
— Muzeyda ekskursovodman.
* * *
Tergovda.
— Xo’sh, bunday oliy ma’lumot haqidagi ajoyib diplomni qaerdan sotib oldingiz?
— Sotib olmadim. Yo’ldan topib oldim.
— O’, aynan sizning nomingizga yozilgan diplomni yo’ldan topib oldingiz! Qanday tasodif!
— Ha.
— Xo’sh, bu tasodifni qanday izohlaysiz?..
— Bu tasodif emas. Pasportimni keyinroq sotib olganman, xolos.
* * *
Besh yashar bola so’radi:
— Oyi, siz qaerdan paydo bo’lgansiz?
— Meni dengiz to’lqini sohilga chiqarib tashlagan.
— Dada, siz-chi?
— Meni karamning ichidan topib olishgan.
— Opa, siz-chi?
— Meni laylak tashlab ketgan.
— Uf-f, bu uydagilarning birontasi odamga o’xshab tug’ilganmi o’zi, yo’qmi?