O’rta Yer dengizidan Egey dengizigacha bo’lgan moviy dengiz sohilini, yam-yashil o’rmonlar-u, xiyobonlarni velosiped tepkisini aylantirgan holda sayohat qilish sizga bir umrlik unutilmas taassurotlarni hadiya etadi. Bu yozda Turkiyadaning go’zal manzillarini kashf etishni velosipedingiz ustida, turk oshxonasining mazali taomlarini tatib ko’rish bilan boshlang. Turkiyada lager va glamping maydonchalari, velosipedda sayohat qilishni xush ko’radigan sport muxlislari uchun velosipedga mos, milliy va xalqaro eko-yorliqlarga ega bo’lgan turli o’lchamdagi mehmonxona va hostellar mavjud. Ular velosipedda sayohat qiladigan mehmonlarning kuchli jismoniy faolligini qo’llab-quvvatlash uchun maxsus menyular bilan ta’minlaydi.
Turkiyada sog’liqni saqlash, gastronomiya, festival, madaniyat, ekoturizm, ziyorat, ta’lim va sport kabi muqobil turizm yo’nalishlari bilan birgalikda velosiped turizmi ham muhim o’rin egallaydi.
Velosiped turizmi va barqaror turizmni rivojlantirish maqsadida Turkiya tomonidan amalga oshirilgan “Velosiped uchun qulay turar joy” sertifikati faqatgina velosipedlar uchun xavfsiz to’xtash joylari bilan ta’minlangan, mahalliy velosiped yo’llari va ularni ta’mirlash haqida ma’lumotga ega xodimlari bo’lgan, shu bilan bir qatorda, velosipedlarni tozaligini ta’minlash kabi turli mezonlarga javob beradigan mehmonxonalarga beriladi.
EuroVelo; Tarix va tabiat uyg’unligi
Turkiya, mamlakatni velosiped bilan kashf qilishni istaganlar uchun maxsus yo’laklar bilan o’ralgan. Turkiya, Izmir, Edirne va Qirqlareli viloyatlarini butun Yevropa qit’asi bilan bog’laydigan, 17 xil uzoq masofali velosiped yo’nalishlarini birlashtirgan EuroVelo (Evropa velosiped yo’llari tarmog’i) da ishtirok etadi. EuroVelo marshruti go’zal kungaboqar dalalariyu, dengiz sohillaridan o’tib, YuNESKOning Jahon madaniy merosi ro’yxatiga kiritilgan yana bir qadimiy Efes shahrida tugaydi.
Professional yoki havaskor velosipedchi bo’lishingiz muhim emas!
Turkiyada barcha darajadagi velosiped ihlosmandalari uchun yo’llari mavjud. Istanbuldan paromga minib boshqa qit’aga o’tishingiz, Izmirdagi uzumzor va zaytun bog’lari orasida velosipedda sayr qilishingiz, Mug’laning feruza ko’rfazlari orqali o’rmon bilan qoplangan tog’larga chiqishingiz va Antaliyaning sohil yo’llari bo’ylab qadimiy shaharlar orasida sayr qilishingiz mumkin.
Turk Rivierasi quyoshi ostida
Yo’llar sizni Turk Rivierasiga olib borganida, O’rta Yer dengizi sohilidagi o’rmonlarda yashiringan ajoyib Toros tog’lari va qadimiy shaharlarga duch kelasiz. Sizdan bir necha ming yillar oldin bu yerlarga mezbonlik qilgan sivilizatsiyalarning qoldiqlari kuningizni betakror qiladi. Jumladan, Olimpos qadimiy shahrida o’rmonlar orasiga yashiringan qadimiy shahar sizni maftun etadi. Ushbu sayohatda sizni ko’m-ko’k dengizlar, marvarid qumlar, qadimiy shaharlar, kanyonlar va yashil tabiat qo’ynidagi yo’llar kutmoqda. Chodir lagerlari, bungalov uylari yoki qulay mehmonxonalar siz to’xtab dam olishni istagan vaqtda siz bilan birga bo’ladi.
Orzulardagidek sayohat: Peri mo’rilari tomon
O’zining Peri mo’rilari bilan sehrli o’lka deya tanilgan Kapadokiya velosipedda kashf qilish uchun ajoyib marshrutdir. Velosipedingizda ushbu noyob geografiyani o’rganayotganda siz qadimiy ibodatxonalar, yer osti shaharlari va o’ziga xos tabiiy holda shakllangan shaharsozlikka duch kelasiz. Velosipedingizda bu bepoyon yerlardan o’tib borar ekansiz, yer ostidan yuzlab metr quyida joylashgan yer osti shaharlari yonida to’xtash va tosh mehmonxonalarda qolishni unutmang.