Turkiyada azaldan qarag’ay va kedr o’rmonlari, mayin qumli sohillar, tiniq feruza tusli dengizlar va jozibakor tarixiy-madaniy meroslar mavjud. Shunga qaramay, “Milliy Barqaror Turizm Dasturi”ga qo’shilishi ortidan u barqaror dam olish uchun dunyodagi eng asosiy yo’nalishlardan biriga aylandi. Ekologik va madaniy boyliklarga ega bo’lgan Turkiya barqarorlik tamoyillariga qat’iy rioya qiladigan turar joylari va ko’plab eko-turizm imkoniyatlarini taklif qilish bilan ajralib turadi. 30 sentyabr holatiga ko’ra, Turkiyada barqarorlik doirasida, ayniqsa Antaliya, Istanbul va Mug’la viloyatlarida 6156 ta tasdiqlangan/sertifikatlangan ob’yekt mavjud. Barqarorlik sertifikatiga ega ob’yektlar soni tez sur’atlar bilan o’sib borayotgan bo’lsada, Turkiya turizmida ekologik jihatdan xavfsiz tuzilmalar va barqaror amaliyotlardan foydalangan holda zararli gazlar oqimini kamaytirishga qaratilgan umumiy sa’y-harakatlar ham ortib bormoqda. Ushbu umummilliy tashabbus mahalliy madaniyat va iqtisodiyotni qo’llab-quvvatlagan holda mehmonlarga mazmunli va unutilmas dam olishni ta’minlaydi.
Turkiya «Dunyoda GSTC bilan Protokol imzolagan birinchi davlat» bo’ldi.
Turizm sohasida barqaror o’zgarishlarni amalga oshirish uchun Turkiya o’tgan yili sayohat va turizm uchun global standartlarni belgilovchi va boshqaruvchi Global Barqaror Turizm Kengashi (GSTC) bilan milliy dastur ishlab chiqish uchun hamkorlik shartnomasini imzoladi. Bundan tashqari Turkiya hukumat darajasida ushbu shartnomani imzolagan “Dunyodagi birinchi davlat” bo’ldi. Turkiya turizm sektorini qayta qurish bo’yicha uch yillik rejasiga muvofiq Milliy Barqaror Turizm Dasturini ham ishlab chiqdi. Dastur bilan Turkiya barqarorlik tamoyillarini destinatsiyalar, turoperatorlar va turar joylarni qamrab olgan barcha turizm rasmiylariga barqarorlik tamoyillarini kiritadi. Barqaror turizm dasturining asosiy maqsadi turar joy ob’yektlarining global miqyosda qabul qilingan va 42 ta mezondan iborat bo’lgan Barqaror turizm sertifikatini olishini ta’minlashdan iborat. Bu jarayonda turar joy ob’yekti har yili takrorlanadigan sertifikatlash uchun mustaqil baholashdan o’tkaziladi. Ushbu loyihaga e’tiborning ortishi bilan Turkiyada barqarorlik tasdiqlangan/sertifikatlangan ob’yektlar soni ham sezilarli o’sib bormoqda. Turkiya Milliy Barqaror Turizm dasturining rejasiga ko’ra, 2030 yilga qadar barcha ob’yektlar “Barqaror turizm sertifikati”ga ega bo’lishi kerak.
Mas’uliyatli mehmondo’stlik
Turkiyaning Milliy Barqaror Turizm Dasturi madaniy meros, biologik xilma-xillik, ekotizimlar va tabiiy boyliklarni saqlashda mahalliy aholi uchun ijtimoiy va iqtisodiy foydani maksimal darajaga oshirishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, dastur sayyohlikning har jihatdan ekologik tozaligini ta’minlash orqali ifloslanishni kamaytirish va resurslarni himoya qilishga qaratilgan. Dastur orqali barqarorlik sertifikatini olgan turar joy binolari mehmonlarga dunyo miqyosidagi barqaror turar joy tajribasini taklif etadi, shu bilan birga atrof-muhitni muhofaza qilishga yordam beradi. Ekologik toza amaliyotlar bilan tashrif buyuruvchilar diqqat-e’tiborini oshiradigan ob’yektlar mahalliy hamjamiyatga ham foyda keltiradi. Bunday amaliyotlarni adolatli, mas’uliyatli, inklyuziv va diqqatli tarzda amalga oshirish, mahalliy xalqlar va jamoalarning o’ziga xos qadriyatlari hamda madaniyatini qo’llab-quvvatlash bilan cheklanib qolmay, ularni saqlab qolishga ham yordam beradi.
Turkiyadagi turar joy ob’yektlarini baholash tizimi to’rtta asosiy toifada amalga oshiriladi: «Barqaror boshqaruv», «Madaniy ta’sirlar», «Ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirlar» va «Atrof-muhitga ta’sirlar». Ob’yektning barqarorlik sertifikatiga erishish yo’lidagi ilk qadami samarali va barqaror boshqaruvni namoyish etishdan iborat.