TURK OShXONALARI HAFTALIGI BOShLANDI

Turkiyaning qadimiy va barqaror oshpazlik madaniyati dunyo miqyosida nishonlanadi

TURK OShXONALARI HAFTALIGI BOShLANDI
21-27 may kunlari o’nlab turli taraqqiyot izlarini o’zida mujassam etgan, unumdor geografiya va boy tarixdan oziqlangan turk gastronomiyasining keng ko’lamli Turk oshxonasi haftaligi bo’lib o’tadi. Bu yil ikkinchi marta bo’lib o’tadigan Turk oshxonasi haftaligida YuNESKO ijodiy shaharlar tarmog’i tomonidan belgilangan «Dunyoning 26-gastronomiya shahri» Hatayning mintaqaviy taomlariga urg’u berilishi bilan bir qatorda, Turk taomlarini tayyorlashda ortiqcha chiqindilar chiqishiga yo’l qo’ymaslikka ham alohida e’tibor qaratilgan.

TURK OShXONALARI HAFTALIGI BOShLANDI

Turk oshxonasi haftaligi Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan amalga oshirilmoqda. Turkiyaning dunyo bo’ylab diplomatik vakolatxonalari Hatay oshxonasining o’ziga xos ta’mini ​​targ’ib qilish maqsadida turli tadbirlar va ijtimoiy media kampaniyalarini o’tkazmoqda.

Turk oshxonasining qadimiy, barqaror, chiqindisiz, sog’lom va davomiy an’analari

Turk oshxonasi haftaligi tadbirlari ishtirokchilari mahalliy mahsulotlar va an’anaviy pishirish usullaridan foydalangan holda, Hatayning mahalliy taomlarini tayyorlaydilar va qadimgi barqaror turk oshxonasi bilan batafsil tanishib chiqadilar. Shu bilan birga, ular turk oshxonasining boy biologik xilma-xilligi va uning turli xil ovqatlanish, yeyish-ichish tamoyillariga javob berishga tayyorligi va salohiyati haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ishtirokchilar turk oshxonasining barqaror va chiqindisiz yondashuvga asoslangan pishirish metodologiyasi bilan amaliy tajribaga ega bo’ladilar. Sog’lom va davomiy turk reseptlari ishtirokchilarni birlik va birdamlik, shuningdek, madaniy barqarorlik tuyg’ulari ila tuzilgan “turkcha taomlanish” marosimlari doirasida birlashtiradi. Tadbir davomida mehmonlarga turk qahvasi, turk choyi, lokumlar va boshqa lazzatlar taqdim etiladi.

Hatay madaniyatlar o’chog’i

TURK OShXONALARI HAFTALIGI BOShLANDI TURK OShXONALARI HAFTALIGI BOShLANDI
Bu yilgi Turk oshxonasi haftaligining dunyo miqyosidagi tadbirlarida Hatay oshxonasining lazzatlariga bag’ishlangan o’ziga xos taomnoma taqdim etiladi. Gastronomiya sohasida YuNESKO Ijodiy shaharlar tarmog’ining bir qismi bo’lgan Hatay, beqiyos oshxonasi bilan e’tiborni tortadigan Turkiya shaharlaridan biridir. Hatay oshxonasi O’rta Yer dengizi iqlimi hukmron bo’lgan unumdor tuproqlarda yetishtirilgan yuqori sifatli zaytun moyi va don, dukkakli ekinlar, sabzavotlar, mevalar, mahalliy o’tlar va ziravorlarni birlashtirgan holda mo»jizalar yaratadi.
Tarix davomida turli sivilizatsiyalarga mezbonlik qilgan shaharning oshpazlik merosi o’ziga xos nonushta va yuzlab taomlari bilan diqqatni tortadi. Turk oshxonasi haftaligi doirasida tayyorlanadigan Hatay taomlar ro’yxatida “biberli ekmek” (qizil murch pastasi qo’shilgan non), “zaytun salati”, «hummus», «kisir» (bulg’ur salati), “tepsi kabob” (tandirda pishirilgan kabob) va «kunefe» (pishloqli shirinlik)lar mavjud.