Tunda qorin ochsa, nima qilish kerak?

– Bir choy qoshiq asalni iliq suv bilan aralashtirib iching.

 

– Bir stakan kefir iching. Bu nafaqat ochlikni qondiradi, balki ayol tanasi uchun ham foydalidir.

 

– Bir stakan sut iching.

 

– Bir piyola achchiq qora choy iching.

 

– Tish pastasi ishtahani buzadi. Kechqurun tishlaringizni yuving, bu usul ikki baravar foyda keltiradi.

 

– Ikki stakan toza suv iching. Natijada oshqozon to’ladi, boshqa biror narsa iste’mol qilish istagi bo’lmaydi.

 

«Sog’lom hayot»