«Yuventus»ni Chempionlar Ligasi yangi mavsumidan chetlatishlari mumkin.
Xabar berilishicha, UEFA Turin klubining ehtimoliy moliyaviy qonunbuzarligi bo’yicha o’zining mustaqil tergovini olib bormoqda. Avvalroq, «byankoneri» shu masala yuzasidan olib qo’yilgan A Seriyadagi 15 ochkoni qaytarishlariga erishgandi. Shunga qaramay, ish to’liq yopilmagan. Agarada ish cho’zilib, yakuniy qaror iyul oyigacha e’lon qilinmasa, turinliklar taqdirini feyr-pley bo’yicha UEFA komissiyasi hal qiladi.
Ayni damda «keksa sinora» Italiya chempionatida 59 ochko bilan 3-o’rinni egallab turibdi.
Izohlarni ko`rish