2021 yilning 6 yanvarida Kapitoliyga uyushtirilgan hujumni tergov qilayotgan AQSh Kongressining Maxsus qo’mitasi sobiq prezident Donald Trampga qarshi uchta modda bo’yicha jinoiy ish qo’zg’atmoqchi: fitna, davlat idoralariga to’sqinlik qilish va hukumatni chalg’itish maqsadida fitna uyushtirish.
Tramp uni qoralashga qaratilgan bu urinishlarni izohlar ekan, «Mamlakatimiz ichkaridan kasal, o’layotgan saratonga juda o’xshaydi», dedi.
«Firibgar FQB, Adliya va razvedka departamenti, tizimning barcha qismlari va Demokratik partiya saraton kasalligidir», deb yozadi sobiq prezident o’zining Truth Social ijtimoiy tarmog’ida.
Hozirgacha AQShning birorta sobiq prezidenti jinoiy javobgarlikka tortilmagan.
Izohlarni ko`rish