Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar 10 taligiga kiritildi

Toshkent xalqaro xodimlar uchun dunyodagi eng arzon shaharlar o’ntaligiga kirdi. Bu haqda «Mercer» agentligi e’lon qildi.

 

Xalqaro xodimlar uchun dunyodagi eng qimmat shahar sifatida 1-o’rinni Gonkong egallagan. Undan keyin o’tgan yildan beri olti pog’onaga ko’tarilgan Singapur Zurich (Shveysariyadagi shahar) ni uchinchi o’ringa olib chiqdi.

 

Reytingdagi eng arzon joylarga o’tgan yil o’rtalarida kuchli valyuta devalvatsiyasi tufayli 83 pog’onaga tushib ketgan Gavana va Pokistonning ikki shahri – Karachi va Islomobod kiradi.

 

10 ta eng qimmat shaharlar reytingida:

 

Gonkong, Zurich, Jeneva, Bazel, Bern, Tel-Aviv, Gonkong, Nyu-York, Singapur, Tokio.

 

Eng arzon 10 ta shahar 218-227-o’rinlar bo’yicha:

 

Jazoir, Olmaota, Tunis, Toshkent, Istanbul, Karachi, Islomobod, Dushanbe, Bishkek, Anqara.

 

Ma’lumot o’rnida, reytingda har bir shahardagi 200 dan ortiq toifalarning nisbiy qiymati o’lchanadi.

 

Asosan, uy-joy, transport, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-ro’zg’or buyumlari va o’yin-kulgi kiradi.