Gurbanguli Berdimuhammedov Haj ziyoratini ado etib, ITB rahbari bilan muzokara o'tkazdi

Saudiya Arabistonida Xalq Maslahatiyasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Haj ziyoratini ado etish bilan birga Turkmanistonga sarmoya jalb etish masalalarini ham muhokama qildi. Bu haqda CenteralAsia.media xabar berdi. Safar 29 va 30 iyun kunlari bo’lib o’tdi.

“Al-Haram” masjidida xalq maslaxati raisi turkman ziyoratchilari, Turkmaniston delegatsiyasi va Saudiya Arabistoni rasmiylari ishtirokida Qurbonlik sadaqasini berdi. Shu kunlarda 2,5 mingga yaqin turkman fuqarolari haj ziyoratiga borgan.

7 iyun kuni Turkmaniston muftiyligi 2312 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga Haj safariga jo’natishini ma’lum qildi. 11 iyun kuni prezident Serdar Berdimuhamedov 289 nafar ziyoratchiga Saudiya Arabistoniga Hajga borishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi. Sayohat kunlari – 22 iyun – 15 iyul.

Gurbanguli Berdimuhamedov Qatar Amirining maxsus vakili Hadi Bin Ali Al-Marri bilan ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qildi.

Aeroportda sobiq prezident Jidda shahri hokimi shahzoda Saud bin Abdulloh bin Jalaviy Ol Saud va Islom taraqqiyot banki prezidenti Ahmad Muhammad Ali Al-Madaniy bilan uchrashdi.

ITB rahbari bilan muzokaralarda yangi qo’shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Berdimuhamedov xalqaro transport va tranzit yo’laklarini qurish ustuvor yo’nalishlari haqida gapirdi.