Tadqiqotlarga ko'ra, Xitoy qishloqlarida 13 yoshli o'g'il bolalarning o'rtacha bo'yi va vazni o'n yil avvalgiga nisbatan oshgan

Xitoy Ta’lim vazirligi tomonidan o’tkazilgan tadqiqotga ko’ra, Xitoy qishloqlarida 13 yoshli o’g’il bolalarning o’rtacha bo’yi va vazni o’n yil avvalgiga nisbatan 7,5 sm va 6,6 kg ga oshgan.

Tadqiqotlarga ko'ra, Xitoy qishloqlarida 13 yoshli o'g'il bolalarning o'rtacha bo'yi va vazni o'n yil avvalgiga nisbatan oshgan

Turli yosh guruhlari orasida bu eng katta o’sishdir. Biroq, o’sish tendensiyasi boshqa yosh toifalarida ham davom etmoqda. Qizlar orasida 12 yoshli maktab o’quvchilari eng ko’p o’sgan. Ularning bo’yi o’rtacha 6,3 sm, vazni 5,8 kg ga oshgan. So’rov 2012 yildan 2021 yilgacha Xitoyning 700 ga yaqin qishloq joylarida maktab o’quvchilari o’rtasida o’tkazildi. Muhim o’sish 2012 yilgi «Oziqlantirishni yaxshilash» tashabbusi bilan bog’liq. U asosan kambag’al qishloqlardan kelgan talabalarga qaratilgan edi.

 

2020 yilda o’rtacha bo’yning evolyutsiyasi bo’yicha olib borilgan xalqaro tadqiqotlar Xitoy uchun yanada ta’sirchan suratni ko’rsatmoqda.