Ronaldu firibgarlik ishi yuzasidan prokuraturaga ko'rsatma berishdan bosh tortdi

“Manchester Yunayted” hujumchisi, avvalroq Turinning “Yuventus” klubida to’p surgan Krishtianu Ronaldu asosiy ayblanuvchi – “keksa sinora” prezidenti Andrea Anyelli bilan bog’liq bo’lgan firibgarlik ishi bo’yicha Italiya prokuraturasiga ko’rsatma berishdan bosh tortdi. Bu haqda insayder Tankredi Palmeri ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.

 

Eslatib o’tamiz, portugaliyalik hujumchi 2018 yildan 2021 yilgacha Turin grandi sharafini himoya qilgan. Krishtianu “Yuventus” safida 134 ta o’yinda maydonga tushib, 101 ta gol va 22 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Turinliklar Ronaldu bilan birgalikda beshta chempionlikni qo’lga kiritdi.

 

2021 yilning yozidan beri Ronaldu «Manchester Yunayted»da o’ynamoqda. Uning shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.