Suv va quruqlikda bemalol yuroladigan «Qorayaloq» nomli harbiy amfibiyani yaratildi (+foto)

Boltiq mashinasozlik kompaniyasining rossiyalik muhandislari kuch tuzilmalari uchun to’liq uzatmali amfibiyani yaratdi. «Qorayaloq» nomini olgan mashina suv va quruqlikda harakatlana oladi.

Amfibiya korpusi kompozit materiallardan ishlangan va minalardan himoyalangan. Muhandislar ugleplastikdan foydalanish evaziga mashina og’irligini 2000 kilogrammga tushirishga erishgan. Shu bilan birga, «Qorayaloq»ning maksimal yuk ko’tarish qobiliyati 1,5 tonnaga teng.

Suv va quruqlikda bemalol yuroladigan «Qorayaloq» nomli harbiy amfibiyani yaratildi (+foto)

Universal modul platformasi evaziga Rossiyaning yangi amfibiyasi quruqlikda soatiga 100 kilometr, suvda esa 70 kilometr tezlikda harakatlana oladi. Bundan tashqari, amfibiya 1,25 metrga yetadigan suv to’lqinlarida ham suzishga qodir. Mashinaga o’z funksiyasini o’zgartirishi uchun 12 soniya etadi. Bu vaqt ichida «Qorayaloq» qirg’oqqa chiqib, g’ildiraklari yordamida harakatlanishga kirishib keta oladi.

To’liq uzatmali amfibiyaga 260 ot kuchiga ega dizel motor o’rnatilgan bo’lib, u uch pog’onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Mashina 30 daraja burchak va balandligi 1,5 metrgacha bo’lgan to’siqlarni bosib o’ta oladi. «Qorayaloq» to’liq yoqilg’i baki bilan quruqlikda 800 kilometr, suvda esa 300 kilometr yo’l bosib o’tishga qodir.

Amfibiya murakkab va og’ir iqlim sharoitlarida harakatlanish uchun mo’lallangan. Ayni vaqtda avtomobil sinovdan o’tkazilmoqda.

Manba: daryo.uz

Suv va quruqlikda bemalol yuroladigan «Qorayaloq» nomli harbiy amfibiyani yaratildi (+foto)
loading…