image0

Pul baxt olib kelmaydi, ammo hech bo‘lmasa bir kun o‘zingizni qirol yoki qirolichalardek his qilishingiz uchun sababchi bo‘lishi aniq. Chunki dunyoda yuqori darajadagi hashamatli mehmonxonalar borki, katta to‘lov evaziga shohona xotiralarni kafolatlaydi. Quyidagi omillar esa betakror va mukammal xizmatni uyg‘unlashtiruvchi mehmonxonalarni shunday darajaga olib chiqadi:

  • Shaxsiy xizmat ko‘rsatish: istaklaringizni bajarishga tayyor oshpaz, xizmatchi va haydovchilar;
  • Noyob joylashuv: shaxsiy orol, tarixiy yodgorlik yoki eng qimmat shaharlarning eng gavjum nuqtalari;
  • Me’morchilik: dunyoga mashhur san’at ustalari tomonidan yaratilgan dizayn;
  • Cheksiz qulayliklar: turli basseyn, shaxsiy kinoteatr va suv ostidagi maxsus ko‘rgazma kabi noodatiy takliflar;
  • Maxfiylik va xavfsizlik: mehmonlar maxfiyligini ta’minlash uchun maxsus xizmat va ilg‘or xavfsizlik choralari.

To‘lov ham xizmatga yarasha bo‘ladi, albatta! Bunday unutilmas va betakror qulayliklardan bahramand bo‘lish uchun qancha pul kerak deb o‘ylaysiz? Keling, dunyodagi eng qimmat 15 ta mehmonxona bilan tanishamiz.

Lover’s Deep Luxury Submarine, Sent-Lyusiya. Bir kunga 150 ming AQSH dollari

Suv tubidan osmono‘par binogacha: dunyodagi eng qimmat 15 ta mehmonxona1

Dunyodagi eng qimmat hisoblangan mazkur suvosti mehmonxonasi dengiz tubidagi hashamatni sinab ko‘rish imkoniyatini beradi. Mehmonlar shaxsiy kapitan, oshpaz va oqsoch xizmatidan bahramand bo‘ladi. Shuningdek, sayohat dasturi mijoz istagiga ko‘ra moslashtiriladi.

The Empathy Suite, Palms Casino Resort, Las-Vegas, AQSH. Bir kunga 100 ming AQSH dollari

Suv tubidan osmono‘par binogacha: dunyodagi eng qimmat 15 ta mehmonxona2

Mashhur rassom Demiyen Xyorst tomonidan yaratilgan bu suit (mehmonlar uchun yaratilgan keng va shohona xona)da ikkita yotoqxona, shaxsiy tuzli dam olish xonasi, Las-Vegasning chiroqlariga qaragan cheksiz basseyn va millionlab dollarga teng san’at kolleksiyasi mavjud.

Hotel President Wilson, Jeneva, Shveysariya. Bir kunga 80 ming AQSH dollari

Suv tubidan osmono‘par binogacha: dunyodagi eng qimmat 15 ta mehmonxona3

Ushbu mehmonxonaning butun yuqori qavatini Royal Penthouse Suit egallaydi. Unda 12 ta yotoqxona, o‘q o‘tmas oyna, royal pianino va Jeneva ko‘lining betakror manzarasi mavjud. Bu mehmonxona prezident va taniqli shaxslar orasida mashhur bo‘lib, yuqori darajadagi xavfsizlik va maxfiylikni ta’minlaydi.

Atlantis The Royal, Dubay, BAA. Bir kunga 75 ming AQSH dollari

Suv tubidan osmono‘par binogacha: dunyodagi eng qimmat 15 ta mehmonxona4

Sky Pool Penthouse shaxsiy basseyn, quyosh botganida dam olish uchun maxsus maydon va Michelin yulduziga ega restoranlarga kirish imkoniyatini taqdim etadi. Mehmon Dubay osmoni va Arabiston ko‘rfazining betakror manzarasini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

The Mark Hotel, Nyu-York, AQSH. Bir kunga 75 ming AQSH dollari

Suv tubidan osmono‘par binogacha: dunyodagi eng qimmat 15 ta mehmonxona5

Ushbu mehmonxonaning penthaus suitida beshta yotoqxona, oltita hammom, kutubxona va 2,5 ming kv maydonga ega terrasa mavjud. Manhattanning nufuzli Upper East Side hududida joylashgan bu mehmonxona o‘z mijozlari uchun zamonaviy hashamat va betakror jozibani uyg‘unlashtirgan.

The Raj Palace, Jaypur, Hindiston. Bir kunga 65 ming AQSH dollari

Suv tubidan osmono‘par binogacha: dunyodagi eng qimmat 15 ta mehmonxona6

To‘rt qavatli Maharajah Pavilion suiti shaxsiy muzey, billur qandillar va oltin bilan qoplangan ovqatlanish xonasiga ega. Hindistondagi eng qimmat mazkur mehmonxona o‘z mijozlariga tarixiy shohona hayot lahzalarini taqdim etadi.

Laucala Island Resort, Fiji. Bir kunga 60 ming AQSH dollari

Suv tubidan osmono‘par binogacha: dunyodagi eng qimmat 15 ta mehmonxona7

The Hilltop villasi mehmonlarga betakror manzara, shaxsiy oshpaz, haydovchi va oqsoch xizmatini taklif qiladi. Bu ekolyuks darajasidagi kurort betakrorlik va tabiat qo‘ynida dam olishni xohlaganlar uchun ideal tanlov.

Four Seasons Hotel, Nyu-York, AQSH. Bir kunga 50 ming AQSH dollari

Suv tubidan osmono‘par binogacha: dunyodagi eng qimmat 15 ta mehmonxona8

Ty Warner penthausi mehmonlarga Manhettenning 360 darajali ko‘rinishi, shaxsiy spa xonasi va Rolls-Royce haydovchisi bilan xizmat ko‘rsatadi. Mashhur arxitektor Io Min Pey tomonidan yaratilgan bu penthaus haqiqiy me’moriy durdona hisoblanadi.

Hotel Cala di Volpe, Sardiniya, Italiya. Bir kunga 41 ming AQSH dollari

Suv tubidan osmono‘par binogacha: dunyodagi eng qimmat 15 ta mehmonxona9

Super suitda tomi yopiladigan shaxsiy hovuz, uchta yotoqxona va shaxsiy vino bari mavjud. Shuningdek, u o‘zining O‘rta yer dengizi uslubidagi jozibasi bilan mashhurlar orasida mashhur.

Burj Al Arab, Dubay, BAA. Bir kunga 28 ming AQSH dollari

Suv tubidan osmono‘par binogacha: dunyodagi eng qimmat 15 ta mehmonxona10

Dunyodagi yagona 7 yulduzli ushbu mehmonxona ikki qavatli suit, oltin bilan qoplangan interer, shaxsiy xizmatchilar va mehmonlar uchun 24 karatli oltindan ishlangan iPad taqdim etadi. Shuningdek, u yelkan shaklidagi bino va beqiyos hashamati bilan dunyoning eng dabdabali mehmonxonalaridan biri hisoblanadi.

The Ritz-Carlton, Tokio, Yaponiya. Bir kunga 25 ming AQSH dollari

Suv tubidan osmono‘par binogacha: dunyodagi eng qimmat 15 ta mehmonxona11

Super suit o‘z mehmonlariga an’anaviy yapon dizayni, zamonaviy texnologiyalar va Fudzi tog‘i fonidagi betakror manzarani taqdim etadi. 45 qavatda joylashgan mazkur suit dunyodagi eng baland mehmonxonalardan biri hisoblanadi.

The Palms, Maldiv orollari. Bir kunga 20 ming AQSH dollari

Suv tubidan osmono‘par binogacha: dunyodagi eng qimmat 15 ta mehmonxona12

Suv ustidagi villa, shisha pol, hovuz va shaxsiy lagun (dengizdan ajratilgan maxsus sayoz hovuz) larga ega ushbu mehmonxona o‘z mijozlariga sokin muhit va mukammal xizmat ko‘rsatishni taqdim etadi.

One and Only Gorilla’s Nest, Ruanda. Bir kunga 19 ming AQSH dollari

Suv tubidan osmono‘par binogacha: dunyodagi eng qimmat 15 ta mehmonxona13

Virunga tog‘lari etagida joylashgan bu hashamatli dam olish maskani yam-yashil o‘rmon va vulqon cho‘qqilari manzarasini taklif qiladi. Mehmonxona yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan gorillalarni tomosha qilish uchun safar, spa muolajalari va shaxsiy ovqatlanish menyusi kabi qulayliklarga ega. Sarguzasht va hashamatni uyg‘unlashtirgan bu maskan tabiat va yovvoyi hayvonlarni sevuvchilar uchun eng yaxshi tanlovlardan biri.

Necker Island, Britaniya Virgin orollari. Bir kunga 17 ming AQSH dollari

Suv tubidan osmono‘par binogacha: dunyodagi eng qimmat 15 ta mehmonxona14

Britaniyaning eng boy odamlaridan biri tadbirkor Richard Brenson egalik qiladigan ushbu shaxsiy orol hududi 300 m/kv ni tashkil etadi va 22 nafar mehmon qabul qila oladi. Dam olish maskani betakror hovuz, shaxsiy oshpaz hamda bir necha suv sportlari bilan shug‘ullanish imkoniyatini taqdim etadi.

Umaid Bhawan Palace, Jodhpur, Hindiston. Bir kunga 10 ming AQSH dollari

Suv tubidan osmono‘par binogacha: dunyodagi eng qimmat 15 ta mehmonxona15

Hindistondagi eng qimmat mehmonxonalardan biri bo‘lgan bu inshoot aslida qirollik saroyi hisoblanadi. Mijozlar Rajasthan shtatining an’anaviy mehmondo‘stligi, tarixiy suit va hukmdorlarning shaxsiy kolleksiyasi joylashgan muzeydan bahramand bo‘lishi mumkin. Ushbu saroy-mehmonxona butun dunyoda yagona bo‘lgan shohona hayot imkoniyatidir.

Ushbu hashamatli mehmonxonalar sayohat davomida tunni o‘tkazishga mo‘ljallangan oddiy turar joy emas, balki umr bo‘yi esda qoladigan hislarni taqdim etuvchi maskanlardir. Xo‘sh, imkoniyatingiz bo‘lganida yuqorida sanalganlarning qaysi birida mehmon bo‘lgan bo‘lardingiz?