Sulton Sulaymonning noyob surati auksionda

Usmoniylar imperiyasini eng uzoq vaqt davomida boshqargan Sulton Sulaymonning noyob surati Londondagi auksionda sotiladigan bo’ldi.

Sotbiz kimoshdi savdosi doirasida Islom dunyosining bir qator san’at asarlari ham ko’rgazma qilinadi.

 

Auksion uyi vakillarining so’zlariga ko’ra, suratda aks etgan sultonning yoshi taxminan 43 yoshlarda bo’lishi kerak. Sulaymonning o’zi 1494-1566 yillarda yashagan.

Aynan ushbu davrda u Iroqni bosib olgan hamda Preveza jangida Papaning jangarilarini tor-mor etgan.

Surat shu kungacha fransiyalik zodagon oilaning kolleksiyasida saqlanar edi. Ushbu lotning boshlang’ich narxi 350 ming funt sterlingini tashkil etadi.