Sukerbergning boyligi bir haftada 10 mlrd dollarga ko'paydi

Facebook bosh direktori Mark Sukerbergning boyligi o’tgan hafta davomida 10 mlrd dollarga ko’paydi, deb yozmoqda Forbes. Sukerbergning kapitali 100 mlrd dollardan oshdi.

Ushbu haftada Facebook aksiyalari narxi 4 foizga oshdi. Juma kuni bitta aksiya narxi 293,66 dollarni tashkil etdi.

Forbes Real-Time reytingiga ko’ra, Sukerbergning boyligi 107,8 mlrd dollar deb baholanmoqda. Louis Vuitton egasi Bernar Arnoni quvib o’tish uchun Sukerbergga roppa-rosa 5 mlrd dollar yetmayapti.

Tesla bosh direktori Ilon Maskning boyligi esa o’tgan haftada 6,1 mlrd dollarga oshdi.

Qayd etilishicha, ushbu hafta davomida AQSh va Osiyo mamlakatlaridan o’n nafar milliarderning boyligiga jami 49 mlrd dollar qo’shilgan. Ularning barchasi kamida 3 mlrd dollarga boyigan.

kun.uz

Sukerbergning boyligi bir haftada 10 mlrd dollarga ko'paydi
loading…