Sayyoramizdagi hech qanday pulingizga borib bo’lmaydigan 5 ta joy
1. Morgan oroli. Bu yerda 5 mingga yaqin maymun yashaydi. Ularning barchasi gerpesning (teri kasalligi) tashuvchisi. Kasallikka yo’liqmaslik uchun odamlarga orolga tashrif buyurish taqiqlangan.
2. Lakso g’ori. G’or devorlarida 17 ming yil avval chizilgan rasmlar topilgan. Keyinchalik g’orda odamlarni bo’lishi taqiqlab qo’yilgan, sababi g’orda karbonat angidrid gazi paydo bo’lganligi va devordagi rasmlarni eritishni boshlaganidadir. Hozirgi kunda g’or omma uchun yopiq.
3. Keymada-Grandi. Zaharli ilonlar bilan o’ralgan orol. Bu yerda har 0,43 km ^ 2 ga Yer yuzidagi eng xavfli turlaridan biri bo’lgan 4000 ta ilon to’g’ri keladi. Shu sababli, orolga tashrif buyurish taqiqlangan.
4. Centinil oroli. 60 ming yil davomida sivilizatsiyadan uzoqda yashagan xavfli aborigenlarning vatani. Ular bilan aloqa o’rnatishga bo’lgan har qanday urinish Centinilliklar tomonidan qattiq qarshillikka uchraydi.
5. Bogimian daraxtzori. Bu ko’plab nufuzli va ommaviy axborot vositalarini o’z ichiga olgan «Bohemian Club» xususiy klub a’zolari uchun dam olish maskani. Qolganlar uchun bu yerga kelish taqiqlangan.