Bilamiz, hayotda har bir muqim ish joyi bor odam baxtli hisoblanadi. Negaki, yorug’ dunyoda ishlamasdan turib yashay olmasligimizni barchamiz yaxshi bilamiz. Biroq beshbarmoq baravar emas deganlaridek, ish tushunchasiga har birimiz turlicha yondoshamiz. Keling, quyidagi test yordamida ishga bo’lgan munosabatimizni aniqlab olaylik.
A) “Keyinroq” deysiz-u, ishlashda davom etasiz. (5 ball)
B) “Hozir yetib boraman” deysi va ishni yig’ishtirib uchrashuvga chopasiz. (3 ball)
V) Va’dani berasiz, ammo ishni davom ettiraverasiz. (10 ball)
A) Hammasiga qo’l siltab ishga sho’ng’iysiz. (10 ball)
B) Keyinroq ishlashga qaror qilasiz va do’stlaringiz tomon oshiqasiz. (5 ball)
V) Aql bilan ish tutasiz. O’ylaysiz. Ish va do’stlarni taroziga solib ko’rgach, ishning yarmini bajarasiz-u, dam olishga oshiqasiz. (3 ball)
A) Siz iltimos qiluvchining yelkasiga qoqasiz-u, o’sha ishni boshqa bir tanishingiz yordamida amalga oshirasiz. (10 ball)
B) Band ekaningizni aytib bosh tortasiz. (3 ball)
V) Uzoq vaqt uning iltimosi xususida o’ylab ko’rib, yarmisinigina bajarib berasiz. (5 ball)
A) Juda ko’p narsa. Bejirim, qimmatbaho kiyimlarsiz hayotni tasavvur eta olmayman. (3 ball)
B) Men chiroyli kiyinishni yoqtiraman. Chunki, bu boshqalar uchun ham yoqimli ta’sir etadi. (5 ball)
V) Ish uchun yaxshi kiyim zarur. Chunki, busiz odamlar men bilan o’zim kutadigan darajada munosabat yuritmasliklari mumkin. (10 ball)
A) Do’stlar yordamida o’z ishlarimni bitiraman. (10 ball)
B) Ular menga eng og’ir damlarda yelkadosh bo’lishadi. (5 ball)
V) Do’stlar men uchun ko’p narsa demakdir. Ular bilan maslahatlashaman, ishlariga ko’mak beraman. (3 ball)
A) Men ish bilan band bo’laman. Bunaqangi mayda-chuydalarga vaqtim yo’q. (10 ball)
B) Iloji bo’lganda qo’ng’iroq qilaman. Sal kechiksam, hech narsa bo’lmaydi. (5 ball)
V) Albatta qo’ng’iroq qilaman. Umuman aytganda, men ishdan hech qachon kech qaytmayman. (3 ball)
A) Oilam, bolalarim mening borlig’im. Ish esa faqat ularni boqish uchungina kerak. (3 ball)
B) Oila albatta kerak. Lekin ishni ham unutmaslik kerak. (5 ball)
V) Yo’q, oila, ro’zg’on, bolalar bilan xotinim shug’ullansin. Mening o’rnim ishxonamda. (10 ball)
A) Ha, lekin hamma vaqt ham emas. Agar ishlarim ko’p bo’lsa, dam olish haqida o’ylamayman. (5 ball)
B) Dam ola bilaman. Bunday paytda har qanday ishni yig’ishtirib qo’yaman. (3 ball)
V) Oxirgi marta qachon dam olganim esimda yo’q. (10 ball)
NATIJALAR:
60 balldan yuqori. Butun umringizni ishga bag’ishlagansiz. Ish hayotingizning mazmuniga aylangan. To’xtang! Tag’in bir kun kelib barcha yaqinlaringizdan ayrilib, yolg’izlanib qolmang.
35 dan 60 ballgacha. Siz yaqinlaringizga mehribon, e’tiborlisiz. Ish vujudingizni haddan tashqari qamrab olmagan.
35 ballgacha. Hayotga juda yengil qaraysiz. Dam olishni xush ko’rasiz. To’g’ri, bu ham kerak. Lekin ishni ham unutib qo’ymaslik kerak. Sal jiddiyroq bo’ling.