Shveysariyada dinozavr skeleti kimoshdi savdosiga qo'yildi

Syurixda noyob kim oshdi savdosi bo’lib o’tmoqda: nodir lot – Triniti nomli Tiranozavrning to’liq skeleti sotuvga qo’yildi, deya xabar bermoqda VVC.

 

Skeletning balandligi taxminan 4 m, uzunligi 11,6 m. Uni to’qqizta katta o’lchamdagi qutilarda kim oshdi savdosini tashkil qiluvchi Koller auksion uyiga olib borildi.

 

Lotga TRX-293 kodi berilgan. 293 – Triniti skeletini tashkil etuvchi suyaklar soni.

 

Auksionda har kim ishtirok etishi mumkin.

 

Bugungi kunga qadar faqat ikkita Tiranozavr skeletlari shu tarzda sotilgan. Birinchisi, Syu laqabli, 1997 yilda 12,5 million dollarga sotildi. Ikkinchisi Sten 2020 yilda rekord darajadagi 47,4 million dollarga sotilgan.