Bugun O’zbekiston Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQShning O’zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi. Bu haqda u o’zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, suhbat chog’ida O’zbekiston-AQSh hamkorligiga oid dolzarb masalalar, o’zaro munosabatlarni yana kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan. Shuningdek, joriy yilning sentyabr oyida O’zbekiston delegatsiyasining AQShga bo’lajak tashrifi bilan bog’liq masalalar muhokama qilingan.
“Amerika tomoni O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo’llab-quvvatlashi, iqtisodiyot, ta’lim, sog’liqni saqlash kabi turli sohalarda aloqalarni yanada chuqurlashtirishdan o’zaro manfaatdor ekanligini bildirib, AQSh mamlakatimiz mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetiga sodiqligini tasdiqladi”, deydi Mirziyoyeva.