Jeyms Uebb fazoviy teleskopi M51 spiral galaktikasining tasvirini taqdim etdi. U Yerdan taxminan 27 million yorug’lik yili uzoqlikda joylashgan.
Mazkur galaktika NGC 5194 deb ham ataladi, boshqa spiral galaktikalardan o’zining aniq ko’rinib turgan spiral “engi” bilan ajralib turadi. Boshqa spiral galaktikalarda bu “eng”lar tarqoq bo’ladi.
Fazoviy teleskop galaktikani suratga olish uchun MIRI va NIRCam asboblaridan foydalandi. Natijada ikki xil surat paydo bo’ldi, keyin olimlar ularni birlashtirishdi.
Masalan, NIRCam tasviridagi to’q qizil jismlar bu hududdagi issiq, ipsimon changni, to’q sariq va sariq rangli jismlar esa yangi paydo bo’lgan yulduz klasterlari natijasida hosil bo’lgan ionlashgan gaz parchalarini bildiradi.
MIRI asbobi tomonidan olingan tasvirda bo’shliqlar va yorqin ipsimon jismlar joy almashadi, bu spiral “eng”lardan ajralib chiqadigan o’ziga xos to’lqinlar ko’rinishini beradi.
MIRI va NIRCam tomonidan olingan tasvirlar birlashtirilib, yaxlit holatga keltirildi, deb xabar beradi korrespondent.net.