Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
O’z tabrik so’zida Xitoy yetakchisi O’zbekistonda o’tkazilgan konstitutsion reformani yuqori baholadi hamda O’zbekiston bilan munosabatlarni alohida qadrlashini bildirdi.
«Bu yil O’zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon alohida muhim yil bo’ldi. Mamlakatingizda yangi Konstitutsiya bo’yicha referendum va muddatidan oldin Prezident saylovi muvaffaqiyatli o’tkazilib, O’zbekistonning yuksalishi va bardavom taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor yaratildi. Sizning rahnamoligingiz ostida Yangi O’zbekiston barpo etilishida yanada katta yutuqlarga erishilishiga ishonaman.
Joriy yilning may oyida Siz “Markaziy Osiyo–Xitoy” sammitida ishtirok etdingiz va Xitoyga davlat tashrifini amalga oshirdingiz. Biz Xitoy-O’zbekiston umumiy taqdir hamjamiyatini barpo etish va mamlakatlarimiz o’rtasidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha bir qator muhim kelishuvlarga erishdik.
«Bir makon, bir yo’l» uchinchi xalqaro hamkorlik forumida ishtirok etish uchun joriy yil oktyabr oyida yana Xitoyga kelishingizni intiqlik bilan kutib qolaman.
Men Xitoy-O’zbekiston munosabatlariga alohida ahamiyat qarataman. Siz bilan o’rnatilgan hamkorlik munosabatlarimiz va shaxsiy do’stligimizni yuksak qadrlayman. Davlatlarimizning har tomonlama strategik sherikligining barqaror va izchil rivojlantirish hamda xitoy-o’zbek hamjamiyatining qurilishiga yangi turtki berish uchun Siz bilan hamkorlik qilishga tayyorman.
Birodar O’zbekiston xalqiga farovonlik va baxt-saodat tilayman!» – deyiladi Xitoy yetakchisining tabrik so’zida.